Qo‘chqarov Otabek Axmedovichning geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Shaharlar qurilishini urboekologik hududiy tashkil etishning landshaft tamoyillari (Farg‘ona vodiysi yirik shaharlari misolida)” mavzusida
Qo‘chqarov Otabek Axmedovichning 11.00.01 – Tabiiy geografiya ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Shaharlar qurilishini urboekologik hududiy tashkil etishning landshaft tamoyillari (Farg‘ona vodiysi yirik shaharlari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 20 dekabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15-uy, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Bosh binosi, 105-xona.
Tel/faks: (+998997767725), (+99866) 240-38-47.
ye-mail: rektor@samdu.uz