Tanqiddan so‘ng

Bundan ikki oy oldin Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi olis tog‘li qishloq –Qiziltomdagi uzoq yillardan beri aholini qiynab kelayotgan va yechimini kutib yotgan yo‘l va tibbiy xizmat kabi muammolar xususida “Qiziltom qishlog‘idagi muammolarni kim hal etadi?” sarlavhali tanqidiy maqola bergandik.  

Ko‘tarilgan muammolarga qay darajada e’tibor qaratilgan yoki qaratilmaganini o‘rganish maqsadida yana o‘sha manzilda bo‘ldik.  

Doimgidek tong qorong‘usida fotomuxbir bilan manzilga otlandik. Tong yorishib, bobo quyosh tog‘lar orasida ko‘tarilgan paytda Maydanak observatoriyasiga yetib bordik.  

Har doimgidek Qiziltomdagi maktab direktori Avaz Boboyev bizni kutib oldi. Bu gal domlaning kayfiyati ancha yaxshi. Boisi qishloqqa olib boruvchi yo‘l muammosini ko‘targanimizdan keyin tuman yo‘l tashkilotining maxsus texnikalari yo‘lni tekislash va surish uchun anchagina ter to‘kibdi.  

Observatoriyadan qishloqqacha bo‘lgan mashaqqatli o‘nqir-cho‘nqir yo‘l taxminan 8 kilometrni tashkil qiladi. O‘tgan gal naqd ikki soatda ming mashaqqatlar bilan qishloqqa tushib borgan edik. Bu gal anchagina tez tusha boshladik. Yo‘l-yo‘lakay Avaz aka bilan suhbatlashib ketdik.  

[gallery-19321]

– Sizlar kelib muammoni ko‘tarib chiqqaningizdan keyin yo‘l quruvchilar keldi, – deydi Avaz Boboyev. – Yo‘lning taxminan 6 kilometr eng yomon qismini surib tekislashdi. Ikki soatlik yo‘lga 20-25 minutda tushib boryapmiz. Ilgari “UVAZ” va “Niva” kabi mashinalardan boshqasi yura olmasdi bu yo‘llarda. Hozir yengil mashinalar ham bemalol tushib boryapti. Ammo oxirigacha bora olishmadi. Yana ikki kilometrga yaqin qismi, ya’ni daryo bo‘ylab boradigan yo‘l qoldi. Nasib etsa, qolganini ham qilib berishga va’da berishdi. Shunga ham odamlarimiz xursand. 30-40 yil ichida qishlog‘imizga umuman e’tibor bo‘lmagandi. Nihoyat ishlar boshlanib ketdi.  

Toshloq tog‘ yo‘li. Avaz aka aytganidek, tepadan “Turnadaryo” o‘zani boshlangan joygacha qiynalmasdan tushib bordik. U yog‘i yana o‘sha ahvol. Hademay qish mavsumi boshlanadi. Qishloqqa qor va yomg‘irlar erta tushadi. Bundan tashqari, tekislangan yo‘lga tosh ham yotqizish kerak. Boisi tekislangan tuproq yo‘l bir yomg‘irdan keyin haqiqiy botqoqqa aylanadi.  

– Ilgari yo‘l yomon edi, haydovchilar ham, o‘zimiz ham qiynalardik borib kelishga, – deydi Husniya Eshnayeva. – Mana kecha to‘yga borib keldim, yo‘l ancha tekislanibdi. Qiynalmay borib keldik. Oldin 3 soat yursa, hozir ikki soatga qolmay kelyapti. Buning uchun hukumatimizga rahmat.  

Tanqidiy maqolada yo‘ldan tashqari tibbiyot, ta’lim, elektr-energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni ham ko‘targandik. Shundan keyin 78-maktab filiali hisoblangan qishloqdagi maktabga ham kompyuter jamlanmalari berilibdi. Ammo tibbiy xizmat hamon muammoligicha turibdi.  

– Qishlog‘imiz odamlari birgina tibbiy xizmatdan juda qiynalyapti, – deydi H.Eshnayeva. – Dori-darmon yo‘q, tibbiyot punkti yo‘q. Nabiram ikki yoshdan o‘tyapti, lekin hali birorta emlash olgani yo‘q.  

Hududdagi holatni o‘rganarkanmiz, bir yilda bor- yo‘g‘i bir- ikki bor Qiziltomga kelguvchi "Qiziltepa" MFY raisi Sattor Ko‘charov ham qishloqqa kelib, odamlarning hol-ahvolini so‘rab yurgan ekan. Muammolar yechimi xususida raisning fikrini ham tingladik.  

– OAVda tanqid qilingandan keyin bir oydan oshdi, yo‘lni ta’mirlashni boshladik, – deydi S.Ko‘charov. – To‘g‘rirog‘i, yo‘q yo‘lni qaytadan ochyapmiz. Hozirgi paytda yo‘lning yarmidan ko‘pi tekislab bo‘lindi. Bu ishlar tugagandan keyin asosiy yana bitta muammomiz –bu tibbiyot konteyneri. Ko‘kabuloq shifoxonasida turibdi. Uni ham olib kelib o‘rnatamiz. Shu munosabat bilan aholi xonadonlariga uyma-uy kirib so‘rovnoma orqali ularning muammolarini ro‘yxatga olyapmiz. Nima qilish kerak, nimaga ehtiyoji bor, kambag‘allikdan qanday chiqarish kerak, shu masalalarga e’tibor qaratyapmiz.  

Albatta, uzoq yillardan buyon yig‘ilib qolgan muammolarni birdaniga hal qilishning imkoni yo‘q. Yuqoridagi muammolar xususida tuman mas’ullari bilan ham yana bog‘landik. Bosqichma-bosqich kamchiliklarni bartaraf qilishini aytishdi. Biz ham umid qilamiz.

Qishloq odamlari oz bo‘lsada, bo‘layotgan o‘zgarishlardan, qaratilayotgan e’tibordan juda mamnun. Muhimi, tuman mas’ullari mana shunday tog‘lar orasida Qiziltom kabi qishloq, u yerda aholini qiynab kelayotgan va yechimini kutib yotgan bir talay muammolar borligini bildi, angladi va e’tibor qarata boshladi. Bizni quvontirgani mana shu.  

Ushbu qishloq aholisining yetishtirgan sifatli kartoshkalari, buloq suvlariga to‘yinib o‘sgan no‘xatlari, hududning fusunkor tabiati xususida keyingi maqolamizda to‘xtalishga ahd  qildik.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qiziltomda ijobiy o‘zgarishlar yuz bermoqda