Yurtimizda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda bir qator qulayliklar yaratildi, deya xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.

Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilishi mumkin. Qog‘oz ko‘rinishidagi ariza-anketani to‘ldirish amaliyotidan to‘liq voz kechilib, faqatgina elektron so‘rovnoma to‘ldirish mexanizmi joriy etildi. Xizmat uchun to‘lovni QR-kodni nusxalash orqali amalga oshirish mumkin.

Bundan tashqari, taqdim etilishi lozim bo‘lgan qator ma’lumotnomalar qisqartirildi. Xususan, 18−27 yoshdagi harbiy xizmatga majburlar uchun — harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etish talabi bekor qilindi.

Voyaga yetmagan shaxslarga pasport olish uchun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ulardan notarial tasdiqlangan rozilik talab qilinmaydi.

Davlat xizmatini ko‘rsatishning tegishli bosqichlari avtomatik ravishda sms-xabar yo‘llash orqali xabardor qilib boriladi. YAIDXP yoki Davlat personallashtirish markazining rasmiy veb-sayti orqali tekshirib olish imkoniyati yaratiladi.

Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish pasportini berishda ushbu voyaga yetmaganning hamrohlik qiluvchisi otasi va (yoki) onasi bo‘lsa, ulardan hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan majburiyati talab etilmaydi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Qizil pasport" olish tartibi birmuncha osonlashadi