Poytaxtimizdagi “Kamolot” sport majmuasida badiiy gimnastika bo‘yicha «Kamolot» malikalari» musobaqasi o‘tkazildi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarni, xususan, qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan qizlar safi tobora kengayib borayotgani buning dalilidir. Ular o‘rtasida, ayniqsa, badiiy gimnastika izchil ommalashmoqda. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan “Kamolot”malikalari” musobaqasida bu yaqqol namoyon bo‘ldi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan yuzga yaqin qiz ishtirok etdi.

Munisa Mahmudjonova, Mushtariy Shonazarova, Omina Usmonova, Kamola Qobilbekova, Aziza Jo‘raboyeva, Diyora Hamidullayeva, Laziza Mirzakarimova, Liza Goroshko kabi qizlar shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

– Musobaqada g‘olib bo‘lganimdan xursandman, – deydi Munisa Mahmudjonova. – Badiiy gimnastika sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishimda katta yordam bermoqda. Shu soha bo‘yicha jahon chempioni bo‘laman.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qizaloqlar musobaqasi