Futbol bo‘yicha Osiyo mintaqasida Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Unda Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan 6 ta terma jamoa nomi aniq bo‘ldi.

Jumladan, “A” guruhida 10-tur doirasida o‘tkazilgan o‘yinda O‘zbekiston Qatarni 3:0 hisobida yengdi. Qirg‘iziston BAA bilan 1:1 o‘ynagan bo‘lsa, Eron – KXDR bahsi 3:0 hisobida yakunlandi. Mazkur natijalardan so‘ng, guruhda Eron 23 ochko bilan birinchi o‘rinda qoldi. O‘zbekiston termasi esa 21 ochko jamg‘ardi. Shu tariqa, bu jamoalar Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, BAA termasi 15 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Qatar 13 ochko bilan 4-o‘rindan joy olib, mundial sari kurashni yana bir saralash orqali davom ettiradigan bo‘ldi. Qirg‘iziston 8, KXDR 3 ochko bilan keyingi pog‘onadan o‘rin oldi va bu galgi mundial bilan xayrlashdi. 

“B” guruhida Janubiy Koreya – Kuvayt 4:0, Iordaniya – Iroq 0:1, Falastin – Ummon 1:1 kabi natijalar qayd etildi. 

Natijada Janubiy Koreya 22 ochko bilan peshqadam sifatida, Iordaniya ikkinchi o‘rin bilan Jahon chempionatiga chiqdi. Iroq 15, Ummon 11 ochko bilan 3-4 pog‘onalarda qayd etildi hamda 4-saralash bosqichiga o‘tdi. Falastin 10 ochko, Kuvayt esa 5 ochko bilan oxirgi o‘rinda qoldi.

Saralashning “S” guruhidagi 10-tur uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi: 

Yaponiya – Indoneziya 6:0, 

Saudiya Arabistoni – Avstraliya 1:2, 

Xitoy – Bahrayn 1:0. 

Shunday qilib, bu guruhda Yaponiya 23 ochko bilan yaqqol peshqadam ekanini isbotladi. Avstraliya 19 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qayd etildi va ushbu jamoalar mundial sari yo‘l oldi. Saudiya Arabistoni 13, Indoneziya 12 ochko bilan 3- va 4-pog‘onada qoldi hamda 4-saralash bosqichiga yo‘llanma oldi. Kutilganidek, Xitoy 9, Bahrayn 6 ochko bilan guruh autsayderi sifatida Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatidan quruq qoldi. 

Ma’lumot o‘rnida: Osiyo mintaqasida Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida 18 ta jamoa 3 ta guruhga bo‘lindi va har bir guruhdan 2 ta eng kuchli terma jamoalar – O‘zbekiston, Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Iordaniya bevosita “JCH-2026” yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ushbu bosqichda 3- va 4-o‘rinni egallagan 6 ta eng yaxshi jamoa – BAA, Qatar, Saudiya Arabistoni, Indoneziya, Iroq  va Ummon 4-bosqichda kurashni davom ettiradi.

4-bosqichda 6 ta jamoa 2 ta guruhda dunyo birinchiligining ikki yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi. Guruh peshqadamlari mundialga yo‘l olsa, 2-o‘rinni egallagan terma jamoalar o‘zaro raqobatlashadi va g‘olib jamoa qit’alararo pley-off bosqichida oxirgi chipta uchun qatnashadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qit’amizdan O‘zbekiston va 5 ta terma jamoa mundialga yo‘l oldi