Qisqa xabarlar (+video)
Urganchda shokolad ichidagi “gashish”, Yangiqo‘rg‘onda esa 423 tup kannabis aniqlandi. Lex.uz platformasini modernizatsiya qilish bo‘yicha yangi tashabbuslar muhokama qilindi, Samarqand sudlari yarim yilda 1111 shaxsni yarashgani uchun jinoiy jazodan ozod qildi...Shuningdek sport yangiliklari bilan "Qisqa xabarlar" dasturi
- Samarqand viloyat sudida viloyat, tuman va tumanlararo sudlar tomonidan joriy yilning birinchi yarmi davomida odil sudlovni amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlagan holda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
- Mamlakatimizda huquqiy axborot tizimini raqamlashtirish, fuqarolarning undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
- 24-iyul kuni poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da stol tennisi bo‘yicha 18 ta davlatning 160 nafardan ortiq professional sportchilari ishtirokida kattalar o‘rtasida “WTT Feeder” turniri boshlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/P3m-yQGbRhI" title="24 iyul: Muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqub Meliboyev, O‘zA