Har bir mamlakat fuqaroligini olishning o‘ziga xos talablari bo‘ladi. Chet ellik fuqaroning biror davlat iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi, ko‘chmas mulki, doimiy ish joyi va tushimga ega bo‘lishi o‘sha davlat fuqaroligini olishiga undashi mumkin.

Xususan, davlatlarning ichki qonun-qoidalariga ko‘ra, fuqarolik olish jarayoni oson yoki murakkab kechishi mumkin. Quyida mazkur jarayon ancha oson va 10 yildan kam vaqtda  kechishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar bilan tanishasiz.

MAHALLIY TILNI BILISH TALAB ETILMAYDI

Shvetsiya muhojirlar uchun mahalliy tilni bilish talab etilmaydigan Yevropadagi uch davlatdan biri hisoblanadi. Skandinaviya yarimorolida joylashgan ushbu mamlakat fuqaroligini olish uchun yarimorolning boshqa davlatlari – Norvegiya, Daniya fuqarosidan 2 yil, hech qanday davlat fuqarosi bo‘lmagan muhojirdan 4 yil, boshqa davlat fuqarosidan 5 yil Shvetsiyada yashashlik talab etiladi. Shvetsiya pasporti chet ellik fuqarodan birinchi fuqaroligini bekor qilinishi talab etmaydigan hujjat hisoblanadi.

SODIQLIK QASAMYODI

Isroil pasportini olish istagida bo‘lgan chet el fuqarosi 3 yil ushbu mamlakatda doimiy yashagan bo‘lishi, davlat tili bo‘lgan ivrit tilini bilishi, ma’lum miqdorda doimiy moddiy ta’minoti bo‘lishi lozim. Shuningdek, birinchi fuqaroligidan kechgan holda Isroil hukumatiga sodiqlik qasamyodini ichishi talab etiladi. Isroilda harbiy xizmatni o‘tash chet el fuqarosini shu davlat pasportini olishga imkon beradi.

GERMANIYADA DAVLAT TILINI BILISH AHAMIYATLI

Germaniyada mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritish orqali  fuqarolikni olishning imkoni yo‘q. Germaniya pasportini olish uchun chet el fuqarosi mamlakat hududida 8 yil yashaganligi, shuningdek, nemis tilini V2 darajada bilishi talab etiladi. Shuningdek, shaxsning oilasi (turmush o‘rtog‘i va bolalari) bo‘lsa, ular bilan Germaniyada doimiy yashashi pasport olish muddatini tezlashtiradi.

5 MILLION YeVRO SARMOYA KIRITSANGIZ...

Qonuniy tarzda 5 yil Portugaliyada yashagan chet el fuqarosi mamlakat pasportini olish uchun ariza berishi mumkin. Mamlakatda noqonuniy muhojirlikka jiddiy salbiy munosabat bildiriladi. Portugaliya fuqaroligini olishda «oltin viza» dasturi joriy etilgan. Dastur shartiga ko‘ra, mamlakatda doimiy yashamagan bo‘lsa-da, mamlakat iqtisodiyotiga 5 million yevro sarmoya kiritgan xorijlik shaxs Portugaliya fuqaroligini olishi mumkin. Fuqarolik hujjatini rasmiylashtirish uchun 5-8 oy sarflanadi.

TURKIYA FUQAROLIGINI OLISH UCHUN...

5 yil Turkiyada yashagan, so‘nggi 3 oy ichida mamlakatdan chiqmagan chet davlat fuqarosi Turkiya fuqaroligini olishi mumkin. Turkiya pasportini olish uchun chet ellikning doimiy daromadi, mamlakatda o‘z ko‘chmas mulki bo‘lishi talab etiladi. 

5 YIL FRANSIYADA YASHASANGIZ...

Fransiya pasportini olish uchun chet el fuqarosidan 5 yil davomida mamlakatda doimiy yashaganligi va asosiy daromad manbaiga ega bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, fuqarolikni olish uchun ariza bergan shaxsning oilasi (turmush o‘rtog‘i va bolalari) bo‘lsa, ular bilan doimiy yashashi talab etiladi.

AGAR SARMOYA KIRITSANGIZ...

2020 yil yakuniga qadar Misr mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritish orqali fuqarolikni olish istagida bo‘lgan chet elliklar uchun jozibakor davlat hisoblangan. Mamlakat iqtisodiyotiga 2 million yevro kiritgan yoki mamlakat hududida ma’lum qiymatdagi ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan xorijlik 3 oy davomida Misr fuqaroligini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Ammo joriy yildan xorijliklarga Misr fuqaroligini berish yagona tartibda, ya’ni fuqarolik hujjatini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, jamg‘armasida 30 ming yevro mablag‘i bo‘lgan yoki 10 ming yevro jamg‘armasi bo‘lib, doimiy tushumiga ega bo‘lgan hamda 7 yil shu davlatda yashagan chet ellik shaxs Misr fuqaroligini olishi mumkin.

DUNYONING 160 DAVLATIGA VIZASIZ BORISH MUMKIN

Islandiya fuqaroligini olish bo‘yicha qulay mamlakatlardan hisoblanadi. Mamlakatda daromad topish qonun-qoidalarini bilish alohida ahamiyatli hisoblanadi. Orol davlat pasportini olish uchun chet ellik shaxsdan doimiy 7 yil mamlakatda yashashgan bo‘lishi talab etiladi. 

Fuqarolikni rasmiylashtirish ishlari 1 yil muddat ichida hal bo‘ladi. Dunyoning nufuzli pasportlaridan hisoblangan Islandiya pasporti bilan dunyoning 160 ta davlatiga vizasiz borish mumkin.

Zuhra MIRZABOEVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qisqa muddatda fuqaroligini olish mumkin bo‘lgan davlatlar