Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimiz qishloqlarida zamonaviy uy-joylar qurish ishlari boshlanganiga besh yil to‘ldi.

1989-yil 17-avgust. Islom Karimov boshchiligida o‘tkazilgan respublika hukumati yig‘ilishida o‘sha paytdagi murakkab vaziyat hisobga olinib, yurtimiz aholisiga tomorqa va yer uchastkalari ajratish masalasi muhokama qilinadi. Majlisda qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha sharoitlar yaratib berish haqida qaror qabul qilinadi. Oradan bir kun o‘tib, ya’ni 19-avgustda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Islom Karimov hududlar rahbarlari va deputatlar e’tiborini yana ushbu masalaga qaratib, bu harakatning maqsad va ahamiyati haqida fikr yuritadi, qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan qat’iy topshiriqlar beradi.

O‘sha yig‘ilishdan bir kun avval O‘zbekiston rahbari tarixiy hujjat – “Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida”gi qarorni imzolaydi. 

Prezidentimiz o‘sha yillari nega aynan tomorqa masalasiga alohida e’tibor qaratdi? Chunki o‘sha vaqt va sharoit nuqtai nazaridan qishloqlardagi ahvolni o‘nglashning eng ma’qbul yo‘li shu edi. O‘shanda qishloqdagi har bir oilaga tomorqa ajratildi. O‘sha tarixiy qarorning qishloq aholisi hayoti bir muncha o‘nglanishida naqadar katta ahamiyatga ega bo‘lganini hayotning o‘zi har tomonlama tasdiqlab berdi.

Sobiq totalitar tuzum davrida yuzaga kelgan og‘ir sharoitda aynan tomorqa qishloq aholisining joniga oro kirdi. 

Iqtisodiyot va butun jamiyatni isloh qilishning murakkab o‘tish davrida respublikamizda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va aholini himoya qilishning samarali mexanizmi amalga oshirildi. Bu, avvalambor, zarur moddiy va ma’naviy yordamni ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida aniq yo‘naltirish, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, aholining nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni o‘tish davri qiyinchiliklaridan ishonchli himoya qilish imkonini berdi. 

Prezidentimizning 1992-yil 19-avgustdagi «Uy-joylar xususiylashtirilishi munosabati bilan aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalashga oid qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, kam ta’minlangan toifalarga mansub fuqarolar, ehtiyojmand oilalar yashab turgan yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan xonadonlar va alohida uylar, qaysi idoraga qarashli ekanligidan qat’i nazar, shu fuqarolar va oilalarga bepul shaxsiy mulk qilib berilishi ta’minlandi. 

Mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan bu farmon bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida qanchadan-qancha nogironlar, ko‘p bolali, shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning samarali ijtimoiy himoya qilinishini ta’minladi. 

Yurtboshimizning aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan bu siyosati mustaqillik yillarida o‘zining chinakam samarasini ko‘rsatdi. Qishloq ahlining hayotini zamonaviy mezonlarga javob beradigan darajaga ko‘tarish, qishloqlarni har tomonlama rivojlantirish va obod etish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. 2009-yilga mamlakatimizda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb nom berilishi bu ezgu ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. 

Qishloq joylardagi infratuzilma tarmoqlarini – uy-joy qurilishi, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti, yo‘llarning holati, transport va kommunikatsiya xizmatlari kabi barcha masalalarni yanada rivojlantirish, bir so‘z bilan aytganda, qishloq aholisining hayot darajasi va madaniyatini yangi pog‘onaga ko‘tarishga ustuvor ahamiyat berildi.

Qishloqqa sanoat, xizmat va servis shoxobchalarini olib kirish, ixcham va zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan qayta ishlash korxonalari barpo etish, qishloq aholisi, avvalambor, yoshlarni ish bilan ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirish, qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, ularga yanada keng yo‘l ochib berish, mulkdorlar, tadbirkor va ishbilarmonlarning manfaatlarini himoya qilishga katta e’tibor qaratildi. Bularning barchasi qishloq aholisi turmush darajasini tubdan oshirish va shahar sharoitiga yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2009-yil 3-avgustda qabul qilingan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori uy-joy sharoitini yaxshilash niyatida bo‘lgan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratdi. Prezidentimizning 2009-yil 30-martda qabul qilingan qarori asosida tashkil etilgan «Qishloq qurilish bank» qishloqlarimizga zamonaviy qiyofa berish, qishloq aholisining uy-joy sharoitini yaxshilash borasidagi ishlarni moliyalash, aholiga imtiyozli kredit ajratish yo‘nalishida faol ish olib bormoqda. Qishloqda yakka tartibdagi uy-joylar va ijtimoiy obyektlarni tayyor holda topshirish sharti asosida faoliyat olib borayotgan «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi bunda muhim o‘rin tutmoqda. 

– O‘tgan yillar mobaynida qishloq massivlarida uy-joylar qurilishi bilan birgalikda davlat hisobidan bir necha yuzlab kilometr gaz, ichimlik suvi tarmoqlari, elektr uzatish liniyalari, asfalt yo‘llar qurish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, – deydi «Qishloq qurilish invest» kompaniyasi bosh muhandisi S.Razzoqov. – 2009-2013-yillarda 242 mahalla guzari, 319 savdo majmuasi, 54 bozor, 150 non sexi, 179 maishiy xizmat uylari, 113 bolalar sport inshooti qurildi. Ayni paytda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligi ta’minlandi. 

Davlatimiz rahbarining 2009-yil 21-yanvarda qabul qilingan qaroriga muvofiq «Qishloqqurilishloyiha» loyiha-qidiruv instituti tashkil etildi. Mazkur institut tomonidan qishloqda barpo etiladigan uy-joylar, ijtimoiy inshootlar, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarining namunaviy loyihalari ishlab chiqildi.

– Loyihalarda hududlarga qarab qurilish materiallari tarkibi ham belgilangan. Xususan, tog‘ va tog‘oldi hududida joylashgan uylarga ayrim qurilish materiallarini olib chiqish imkoni bo‘lmaydi yoki qimmatga tushadi. Shu bois bunday joylarda quriladigan uylar loyihasida bu jihatlar ham e’tiborga olinmoqda, – deydi “Qishloqqurilishloyiha” loyiha-qidiruv instituti bosh mutaxassisi N.Normatov. – Qaysi qishloqlar shaharsozlik madaniyatiga javob berishi, ulardagi uy-joylarning holati, aholining demografik o‘sishi, tabiiy iqlim sharoiti, relyefi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilib, har bir hudud aholisining takliflari ham o‘rganilmoqda. Yangi uylarni loyihalashtirishdan oldin tuproq tarkibi, hududning seysmik holati, yer osti suvlarining ta’siri o‘rganilib, keyin loyihalashtirish ishlari amalga oshirilayotir. 

Darhaqiqat, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joy qurish dasturining amalga oshirilishi natijasida 2009-2013-yillarda mamlakatimizda 1249 yangi qishloq uy-joy massivlari barpo etildi, umumiy maydoni 4 million 600 kvadrat metrlik 33,5 mingdan ortiq yakka tartibdagi uy-joy qurildi. Namunaviy loyihalar asosidagi bu uylarda 34 mingga yaqin oila farovon hayot kechirmoqda. 

Joriy yil yakuniga qadar yana 330 massivda 11 mingta uy-joy qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunga qadar 9 mingta uy-joylar o‘z egalariga topshirildi. 

– Ko‘z oldimizda paydo bo‘layotgan yangi qishloqlarni ko‘rib, aqling shoshadi, – deydi Namangan tumani G‘alcha qishlog‘ida yashovchi Tursunxon aya Egamberdiyeva. – Yoshim 98 da. Esimni taniganimdan beri bunday bunyodkorlik ishlarini ko‘rmaganman. Biz tengilar yaxshi biladi, biror hududda bir qishloqning paydo bo‘lishi uchun kamida ellik-yuz yillar vaqt kerak bo‘lardi. Bugun bir yilda obod va fayzli qishloqlar paydo bo‘layotir. 

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yurtimizda boshlangan bunday ulkan qurilish ishlariga shubha va kinoya bilan qaraganlar ham bo‘ldi. Ba’zi rivojlangan davlatlarda ham katta-katta qishloqlarning huvillab, odamlar tirikchilik vajidan turli tomonga ketib qolayotgan bir paytda mamlakatimiz qishloqlarida barpo etilayotgan obod maskanlar bilan har qancha faxrlansak arziydi.

Bunda nafaqat zamonaviy va qulay uy-joylar qurish, ayni paytda bolalar bog‘chalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, musiqa va san’at maktablari, sport inshootlari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, keng va ravon yo‘llar, bir so‘z bilan aytganda, qishloq aholisining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy va obod qishloqlarni barpo etish ko‘zda tutilgan. Odamlar bunday massivlarni qishloqdagi shaharchalar, deyishmoqda. 

– Otamning aytishicha, biz yashayotgan uyning qurilganiga 65-yil bo‘lgan ekan, – deydi Farg‘ona tumanida barpo etilayotgan yangi uylardan birining sohibi Quvvatali Rahimov. – Eskini tuzatguncha esing ketadi, degan gap bejiz aytilmagan. Goh u yeri, goh bu yerini ta’mirlaymiz. Buning uchun ancha-muncha xarajat, vaqt, mehnat sarflanadi. Aka-ukalar maslahatlashib, yangi qurilayotgan namunaviy uylardan birini olishga qaror qildik. Bu fikr otamga ham ma’qul keldi. Yaqinda qishlog‘imizda barpo etilgan shunday uy-joylarni borib ko‘rdik. Ular mustahkam poydevor asosida pishiq g‘ishtdan qurilmoqda, tom ham sifatli va zamonaviy materiallar bilan yopilayotir. Barcha sharoit mavjud. Oshxona, hammom quray, deb tashvish qilmaysiz, hammasi muhayyo. Akam ikkalamiz keyingi yil uchun buyurtma berdik. "Qishloq qurilish bank" tomonidan kredit ajratilgan, boshlang‘ich to‘lovni to‘ladik. 

Ha, odamlarning uy-joyning qanday loyiha asosida, qanday qurilish materiallaridan qad ko‘tarayotganiga alohida e’tibor qaratayotganida jon bor. Zero, poydevori betondan, devorlari pishiq g‘ishtdan, tomi metall cherepitsadan bo‘lgan uy nafaqat ko‘rkam va shinam bo‘ladi, balki bir necha avlodga xizmat qiladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bugun barpo etayotgan uylarimiz nafaqat o‘zimizga, balki keyingi avlodlarimizga ham xizmat qilsin, toki farzandlarimiz, nevara-chevaralarimiz bu uylarda sog‘-salomat bo‘lib voyaga yetsin, baxtli, osuda hayot kechirsin.

Davlatmiz rahbarining bu tashabbusi dunyo jamoatchiligining e’tirofiga sazavor bo‘lmoqda. 2012-yil 17-aprel kuni Toshkentda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o‘tkazilgan «Zamonaviy uy-joy qurilishi – qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o‘zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari fikrlarida bu yaqqol o‘z ifodasini topdi. 

Jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari, oltmishdan ziyod mamlakatdan 300 dan ortiq olim, mutaxassis va ekspert ishtirok etgan anjumanda xalqaro hamjamiyat va xorijlik ekspertlar mamlakatimizda ushbu sohada erishilayotgan yutuqlar bilan bevosita tanishdi. 

Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlarida bo‘lib, yangi massivlarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylar, ulardagi ijtimoiy soha hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik obyektlari bilan tanishgan Xitoy davlat taraqqiyot banki vitse-prezidenti Yuan Lini O‘zbekistonning zamonaviy uy-joy qurilishi orqali qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o‘zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash borasidagi tajribasi maqsadi va samaradorligi bo‘yicha ko‘plab mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkinligini ta’kidladi.

Bugun ayrim rivojlangan davlatlar ham Prezidentimiz rahnamoligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bu xayrli ishni noyob tajriba sifatida o‘rganib, o‘zlarida tatbiq qilishmoqda.

E’tiborli jihati, zamonaviy uy-joylar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallari asosida bunyod etilmoqda. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik birlashmasi, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi va boshqa korxonalarda ishlab chiqarilayotgan sement, metalloprokat, pishiq g‘isht, isitish jihozlari, plastik romlar, gaz plitalari, gaz va elektr hisoblagich, oyna singari qurilish materiallari imtiyozli narxlarda o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. 

– Hozirgi kunda mamlakatimizda deyarli barcha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilayotir, – deydi «O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i A.Muhiddinov. – Mazkur soha bozoridagi mahsulotlarning 70 foizdan ortig‘i “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida ishlab chiqariladi. Bular asosan sement, shifer, asbest-sement quvurlar, gips, ohak, yumshoq tom yopqichlar, quruq qurilish aralashmalari, bitum, qurilish oynasi va shisha buyumlar, sopol cherepitsalar, gidroizolatsiya va noruda materiallari, marmar, granit, boshqa turdagi tabiiy toshlar, devorbop materiallar, elektrod va boshqa qurilish ashyolaridir. 

Davlatimiz rahbarining 2009-yil 19-iyunda qabul qilingan «Devorbop materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rag‘batlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori yurtimizda devorbop materiallar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalarni barpo etish, ishlab turganlarini modernizatsiya qilishda keng imkoniyatlar yaratdi. Buning samarasida ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini kamaytirish, mahsulot narxining arzon bo‘lishiga erishilmoqda.

Uy-joylar qurilishida ekologik jihatdan toza, uzoq muddatli, energiyani tejaydigan qurilish materiallarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Muhandislik kommunikatsiyalari uchun ilgari foydalanib kelingan metall quvurlar o‘rnini zamonaviy polimerlardan tayyorlangani egallagan bo‘lsa, devor va shiftlar uchun plastik panellar, xonalarni isitishda alyuminiyli radiatorlar ishlatilmoqda. 

“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi asosida boshlangan bunday xayrli ishlar xalqimiz farovonligining oshishiga xizmat qilmoqda. Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida qishloqda aholi turmush darajasini yuksaltirish, qishloqlarimiz qiyofasini o‘zgartirish maqsadida boshlangan va uzoq muddatga mo‘ljallangan ezgu ishlarning samaralaridir. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloqlardagi shaharchalar