Qishloqlar yuqori tezlikdagi Internetga ulanmoqda
«Uzbektelecom» aksiyadorlik kompaniyasi Namangan viloyati Mingbuloq telekommunikatsiya bog‘lamasi filiali tomonidan joriy yilda 120 km magistral va 80 km aholi punktlariga kabellar tortildi.
Ayni paytda tumandagi Qayrog‘ochovul qishlog‘i aholisi talablaridan kelib chiqib yuqori tezlikdagi optik tolali Internet olib kirilmoqda. Tumanda, shuningdek, viloyat bo‘yicha yagona bo‘lgan OLT qurilmasi keltirilib, montaj qilindi.
- Talab katta, shu bois ish hajmini ikki barobar oshirganmiz. Ko‘chma ofislarimiz chekka qishloqlarga borib, belgilangan ishlarni tez sur’atda bajarmoqda, - deydi Mingbuloq telekommunikatsiya bog‘lamasi filiali boshlig‘i Umid Hoshimov. - bugungi kunda tumandagi barcha maktab, maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash tashkilotlari, mahalla binolari, umuman olganda, infratuzilma ob’ektlari to‘liq internetlashtirildi. Uchinchi chorakdan aholining Internetga bo‘lgan talabini to‘liq ta’minlashni rejalashtirganmiz.
[gallery-3300]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA