So‘nggi yillarda mamlakatimizda yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer munosabatlari sohasida qonuniylikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari boshchiligida yerni bozor aktiviga aylantirish, uning iqtisodiy qiymatini belgilash va moliyaviy oborotga kiritish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, yer ajratish va undan foydalanish sohasida davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini, yuridik shaxslarga esa ularga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan xususiylashtirilayotgan bino va inshootlar, sanoat infratuzilmasi ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarini, shuningdek ularga tutash hududlardagi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqi berildi.

Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiyani tartibga solishni ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xarita”sida O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish vazifasi belgilandi.

Natijada 2019 yil 13 avgustda “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

E’tiborli tomoni, ushbu Qonun 2020 yil 1 fevralga qadar Sirdaryo viloyatida huquqiy eksperiment o‘tkazilishi sababli 2020 yil 1 martdan kuchga kirdi. Shu tariqa Qonundagi tartib-taomil va uning alohida mexanizmlari samaradorligini hamda jalb etilgan vakolatli organlar vakolatlari ularga yuklangan vazifalarga muvofiqligini aniqlandi.

Qabul qilingan Qonunning muhim jihati shundaki, unda xususiylashtirish sub’ektlari, ob’ektlari, shuningdek xususiylashtirilgan yerlarni olib qo‘yish tartibi mustahkamlab qo‘yildi.

Odatda har qanday qonun hujjatiga o‘zgartirish kiritish zarurati jamiyat hayotida duch kelinayotgan muammo yoki to‘siq natijasida vujudga keladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, yer bilan bog‘liq munosabatlar murakkab bo‘lgani va doimiy o‘zgaruvchanligi bois, bu sohadagi qonunchilik ham takomillashtirilishni talab etadi.

Jumladan, joriy yilning 3 iyun kuni Prezident raisligidagi yer munosabatlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda sohada amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda, qator kamchiliklar ham sanab o‘tildi. Davlatimiz rahbari kun tartibidagi ushbu sohada qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘z ijobiy natijasini topmayotganligi hamda yerga bo‘lgan munosabatni mutlaqo o‘zgartirish kerakligini alohida ta’kidladi.

2021 yil 8 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4263-sonli Farmoni bu boradagi islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Mazkur Farmon bilan hokimiyatlar yerlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, zaxiralash, obodonlashtirishga ajratish va boshqa vakolatlaridan mahrum etilishi, shuningdek, yerga bo‘lgan huquqlarning turlari 6 ta dan 3 ta gacha qisqartirish, yer uchastkalari xususiy sektorga mulk huquqi va ijara huquqi asosida, davlat tashkilotlariga esa doimiy foydalanish huquqi asosida berilishi mustahkamlab qo‘yildi.

Yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar ob’ekti sifatida erkin muomalaga kiritish maqsadida yangi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ishlab chiqildi.

Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida ma’qullangan ushbu Qonun bilan qator yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Xususan, mazkur hujjat bilan bo‘sh turgan yer uchastkalarini, davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi, yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga doir buyurtma, xususiylashtiriladigan yer uchastkasining qiymatiga doir normalar mustahkamlandi.

Shuningdek, xususiylashtirish sub’ektlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirishning aniq tartibi huquqiy jihatdan mustahkamlandi.

Bundan tashqari, xususiylashtirilgan yer uchastkalarining huquqiy maqomi belgilandi. Xususan, endilikda yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi uchun davlat orderi huquqni belgilovchi hujjat bo‘lib, u xususiylashtiriladigan yer uchastkasining qiymatini to‘lash to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilganidan keyin bir ish kuni ichida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi.

Qisqa qilib aytganda, ushbu Qonunning qabul qilinishi yer bozorining shakllanishi va rivojlanishiga, ko‘chmas mulk bozorining jadal o‘sishiga hamda sohada qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Rustambek Sayidov,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi

Qonunchilik muammolari va parlament

tadqiqotlari instituti bosh ilmiy xodimi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning qonuniy mexanizmi belgilanmoqda