Qishloq xo‘jaligida islohotlar samarasi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chortoq tumanida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va hosildorlikni oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar izchil joriy etilmoqda.
Xususan, fermer xo‘jaliklarida zamonaviy sug‘orish tizimi – “Kavsar” mobil nasos agregatlaridan faol foydalanilmoqda. Ushbu agregatlarning eng muhim afzalliklaridan biri – energiya tejamkorligidir.
“Kavsar” nasoslari quyosh panellari orqali ishlashi tufayli elektr ta’minoti cheklangan hududlarda ham uzluksiz faoliyat yuritadi. Bu esa fermerlar uchun qo‘shimcha qulaylik va iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi.
[gallery-28756]
Tumandagi “Shohsanam Eldorbek Gulsanam” fermer xo‘jaligida ham mazkur zamonaviy texnologiya amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, mazkur sug‘orish tizimi orqali yuqori samaradorlikka erishilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA