Qishloq xo‘jaligi bo‘limi yangi binoda
Buxoro viloyati Romitan tumani hokimligi qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosi foydalanishga topshirildi. Hududda qishloq xo‘jaligi tarmoqlari faoliyatini tashkillashtirish va tartibga solish, barcha tarmoqda mahsuldorlikni oshirish, bozor rastalarini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash barobarida eksport salohiyatini oshirishda mazkur bo‘limning ahamiyati katta.
–Tumanda agrar tarmoq mas’ullari uchun zamonaviy inshootni barpo etishda “Bobur” mahalla fuqarolar yig‘inidan alohida yer maydoni ajratilib, qurilishiga 3 milliard so‘m mablag‘ sarflandi, –deydi tuman hokimligi qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Bobir Soliyev. – “Stroy samo” MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilib, shinam bino barpo qilindi.
Qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosining ochilish marosimida ramziy lenta kesilib, yig‘ilganlar unda yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishdi. Nuroniylar duoga qo‘l ochib, yurtimizga tinchlik, xalqimiz dasturxoniga to‘kin-sochinlik, fayz-baraka tiladi.
[gallery-17148]
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari