Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish laboratoriyasida ko‘chma qobiqlash qurilmasi yaratildi.

Bu haqda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi matbuot xizmati O‘zAga ma’lum qildi.

Mazkur texnologiyaning asosiy vazifasi – qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘iga kimyoviy dorilar bilan sifatli ishlov beradi. Shuningdek, yer maydonlarida sochiluvchanligi past bo‘lgan urug‘larni himoyalaydigan-oziqlantiradigan birikmalar bilan qobiqlab, samarali sochilishni ta’minlaydi.

Yangi qurilma asosan qishloq xo‘jaligida urug‘larni ekishga tayyorlovchi tizimlar, dehqon va fermer xo‘jaliklariga mo‘ljallangan. U O‘zbekiston Respublikasining №IAP 05657 “Ko‘chma qobiqlash qurilmasi” patenti bilan himoyalangan.

Ayni paytda ko‘chma qobiqlash qurilmasining tajriba nusxasi Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Oq suv” fermer xo‘jaligida shartnoma asosida amaliyotga joriy etildi. Soha mutaxassislari tomonidan uning tajriba-sanoat nusxasi ishlab chiqilib, unda ekishga tayyorlangan qishloq xo‘jalik ekinlarining urug‘i Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq, Yuqori Chirchiq va Yangiyo‘l tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida keng miqyosda sinovdan o‘tkazilgan.

Hozirgi kunda buyurtmalar asosida ko‘chma qobiqlash qurilmasining sanoat nusxasini tayyorlash va seriyalab ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligida urug‘larga ishlov beruvchi yangi qurilma yaratildi
Жамият
11:11 / 05:09:2019