Bank Boshqaruvi raisi Bahodir Mullaxonov Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida tashkil qilingan ana shunday sayyor uchrashuvlarda qatnashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida joriy yilning 2-avgust kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida tijorat banklariga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi rahbarlari joylarda aholi va tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvlar oʻtkazmoqda. 

Bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Alisher Murotov ishtirokidagi tadbirlar Sirdaryo viloyatining Yangiyer, Guliston shaharlarida, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon va Samarqand shaharlarida boʻlib oʻtdi.

Bank Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Farhod Gʻofurov Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanida, Nukus shahrida va Xorazm viloyatining Xiva, Xonqa tumanlarida, Urganch shahrida tadbirkorlar va aholi vakillari bilan muloqot qildi. 

Sayyor uchrashuvlarda 1000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Bank Boshqaruvi rahbariyati tomonidan 182 ta murojaat sayyor uchrashuv davomida koʻrib chiqildi. Aholi va tadbirkorlarning koʻplab murojaatlari tadbirlar davomida oʻz yechimini topdi. Shuningdek, sayyor uchrashuvlarda “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratishning tartib-taomillari, tadbirkorlar uchun bankda mavjud xorijiy kredit liniyalari, isteʼmol va ipoteka kreditlari, qoʻyingki, aholi va tadbirkorlarni qiziqtirgan barcha masalalar boʻyicha tushuntirishlar berildi. 

Ochiq muloqot ruhida oʻtgan tadbirlarda tadbirkorlar oʻz faoliyatiga xalal berayotgan muammolarni bildirdilar va koʻplab takliflar oʻrtaga tashlandi. Xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan biznes-loyihalarga sarmoya ajratish muhokamalar markazida boʻldi. Eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

“Qishloq qurilish bank” vakillari sayyor uchrashuvlar doirasida xududlardagi qator kichik biznes subyektlarida ham boʻlishib, tadbirkorlarning ishlab chiqarish quvvatlarini texnologik yangilash, eksportni oshirishga va qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etishga qaratilgan biznes loyihalarinimoliyalashga kelishildi. 

Sayyor uchrashuvlar respublikaning boshqa xududlarida ham davom etmoqda.

“Qishloq qurilish bank” - farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun: 

Telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz
Telegram: https://t.me/QQBANK
Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qishloq qurilish bank”: murojaatlar yechimini topmoqda