Qishloq ayollari e’tiborda (+video)
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabrdagi "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash" to‘g‘risidagi rezolyutsiyasiga asosan 15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan.
Mamlakatimizda har yili mazkur sanaga alohida e’tibor qaratilib, qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning muammolariga e’tibor qaratishga, xususan, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta’minlashga chaqiriladi.


Shu munosabat bilan Respublika Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi mas’ul vakillaridan iborat guruh ayni kunlarda Namangan viloyatida bo‘lib, To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilayotgan qishloq ayollarining turmush tarzini yanada yaxshilash, ularning oila va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, munosib ish o‘rinlari yaratish, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tumandagi “Buramatut gulshani” fermer xo‘jaligi dala shiyponida mavsumda fidoyilik bilan mehnat qilayotgan terimchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ilg‘orlarga esdalik sovg‘alari berildi.


O‘zbekiston Qahramoni, yurtimiz agrar sohasining fidoyi faxriysi Xalchaxon aya Mirzayeva qishloq ayollariga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Chortoq tumanidagi Muchum qishlog‘i hududida joylashgan “Buvaboy Robaxon fayz” fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tgan tadbirda bir piyola choy ustida mahallalardan kelgan aholining uyushmagan qatlamidan iborat terimchi xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi. "Oq oltin" mavsumida ilg‘or, peshqadam terimchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Diltortar kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ybQxZbVPaa4" title="Qishloq ayollari e’tiborda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Oqilxon Dadaboyev, O‘zA