Ko‘hna Toshkentning qadimiyligi, aholisining turli marosimlari va ijtimoiy hayot darajasini ko‘rsatib beruvchi ko‘plab yodgorliklar mavjud hamda yangidan-yangi topilmalarga ham e’tibor qaratilmoqda. Ohangaron tumani, Kandirsoy qishlog‘i hududidan noyob arxeologik topilma – milodiy II–IV asrlarga oid katakomba tipidagi qabr aniqlandi.

Bu qishloq aholisi tomonidan tasodifan topilgan bo‘lib, vaziyat haqida angrenlik arxeolog G‘ayratxon Muxtorovga yetkazilgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Milliy arxeologiya markazi tomonidan tuzilgan guruh mazkur manzilga yetib borib, ilmiy tekshiruv ishlarini olib bordilar.

– Aniqlangan qabr adirlik hududda, Ohangaron daryosining chap sohiliga yaqin, Kandirsoy soyining daryoga quyilish qismiga yaqin joylashgan, – deydi Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Ubaydulla Ismoilov. – Qabrga kirish qismi toshlar bilan berkitilgan. Yo‘lak ham o‘z vaqtida tuproq bilan to‘ldirilib, zichlangan.

Qabr ichida bir erkak va bir ayol dafn qilingan bo‘lib, erkak skeletining son suyaklari orasiga silliqlangan tosh buyum – ehtimol, tig‘ va pichoqlarni charxlash uchun mo‘ljallangan asbob joylashtirilgan. Skeletlar yonidan ikkita sopol ko‘za ham topilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ko‘zalar ichida sut mahsulotlari saqlangan bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ushbu topilmalar shakli, yasalish uslubi va dafn marosimi odatlari bilan Toshkent vohasida keng tarqalgan qadimgi Qovunchi arxeologik madaniyatiga mansub.  

Ilk bor bu madaniyat izlari Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani Qovunchitepa yodgorligidan topilganligi uchun ham shu nom bilan ataladi. Bu madaniyat Turon hududida Qang‘lilar boshqaruvi davriga (taxminan miloddan oldingi III – milodiy V asr o‘rtalariga to‘g‘ri keladi.  

Piskent, Kavardan, Taypan, Do‘lanabuloq, Turqushn, Ertosh-Do‘lana, Suyirlitepa kabi yodgorliklardan aniqlangan qabrlar bilan yangi topilmaning o‘xshashligi uning davrlashtirilishini ilmiy jihatdan isbotlaydi. Olimlarning tadqiqotlari ushbu davrning arxeologik belgilarini aniqlashda asosiy manba sifatida xizmat qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kandirsoy hududida topilgan qabr Toshkent vohasining qadimiy tarixini va Qang‘lilar davridagi madaniy hayotni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini yaratadi.  

Bu o‘z mazmun-mohiyati bilan Toshkent vohasining qadimiyligini, aholining diniy marosimlari va ijtimoiy hayoti darajasini ko‘rsatib beradi. Hozirda topilma ustida batafsil o‘rganish ishlari olib borilmoqda hamda natijalar asosida ilmiy maqolalar va maxsus ilmiy nashrlar tayyorlanmoqda.

A.RUSTAMOV,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq aholisi tasodifan duch kelgan topilma...