Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyatida ham o‘quvchilarning qishki ta’til kunlarini maroqli o‘tkazish uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, qiziqarli tomosha va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

– Sport va madaniyat maskanlari, “Barkamol avlod” markazlari bugun bolajonlar bilan yanada gavjum, - deydi viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotibi Dildora Musayeva. – Qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan aniq tadbirlar belgilab olingan. O‘quvchilarning teatrlar, tarixiy majmualarga sayohatlari tashkil etilmoqda. 

[gallery-15324]

Kuni kecha Termiz shahri hamda Termiz, Angor va Sherobod tumanidagi maktablar o‘quvchilari uchun ana shunday sayohat uyushtirilib, o‘quvchi-yoshlar Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohida bo‘ldi. O‘quvchilar majmua bilan yaqindan tanishib, tariximiz haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Qolaversa, ular Termiziylar tarixini o‘zida mujassam etgan muzeyda ham bo‘lib, qadim moziyni gavdalantirgan qiziqarli eksponatlarni ko‘zdan kechirdi.

Bu sayohatlar bolajonlarga unutilmas taassurotlar baxsh etayotir.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishki ta’til mazmunli o‘tmoqda (+video)