Qishki ta’til 17 yanvargacha uzaytirildi
O‘zgidrometeriologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonga Rossiyaning Povolje hududidan anomal sovuq oqimi kirib kelmoqda.
9-15 yanvar kunlari mamlakatda havo harorati kechasi 12-17, kunduzlari 5-8 gradusgacha tushishi, 9-11 yanvar kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Mamlakatning shimoliy hududlarida kechalari havo harorati 17-22, Ustyug kengliklarida 25-27 gradusgacha harorat pasayishi kuzatiladi.
Anomal sovuq sabab, maktab o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun qishki ta’til muddati 17 yanvar kuniga qadar uzaytirildi.
2023 yilning dastlabki o‘qish kuni 18 yanvar kuni qilib belgilandi.
Joriy yilining 11-17 yanvar kunlariga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar yil davomida intensiv tarzda olib boriladi.
O‘zA