Qishga tayyorgarlik: muammolar bartaraf etilmoqda
Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan qish mavsumini betalofat o‘tkazish, bu boradagi muammolarni o‘rganish va bartaraf etish maqsadida har bir tuman va shaharga mas’ullar biriktirildi.
Mas’ullar rahbarligida ishchi guruhlar tashkil etilib, tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda mahallalarda qish mavsumiga tayyorgarlikning holati o‘rganilmoqda. Muammolar, xato va kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etilmoqda.
Paxtaobod tumanining To‘raobod mahallasida bo‘lgan ishchi guruh vakillari mahalla faollari, aholisi bilan suhbatlashib, xonadonlarda qishga tayyorgarlik, elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha ayni paytdagi vaziyatni o‘rgandi. Aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.
– O‘rganishlardan maqsad aholini og‘irini yengil qilish, bugungi sovuq kunlarda ularni qiynayotgan muammolarni hal etishga, qish mavsumini betalofat o‘tkazishlariga ko‘maklashish, – deydi Paxtaobod tumani hokimi Azizbek Latifjonov. – Viloyat hokimi tashabbusi bilan har bir mahallada reja asosida olib borilayotgan bu ishlar aholining bugungi kunida rozi bo‘lib yashashini ta’minlashga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
[gallery-9930]
Shuningdek, tumandagi Ahillik, Qo‘rg‘oncha va Do‘stlik mahallalaridagi ijtimoiy soha ob’ektlaridagi isitish tizimlarining holati, aholining toza ichimlik suv, ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi, umuman, kommunal sohadagi vaziyat tahlil etildi.
Tumandagi Qumshaydon, Qoraqo‘rg‘on mahallalaridagi holat ham atroflicha o‘rganildi. Jumladan, Qumshaydon mahallasidagi 69- ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi, tibbiyot punkti, shuningdek, Guliston qishloq vrachlik punktidagi isitish tizimining holati, shuningdek, aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlar bilan tanishildi. Mazkur yo‘nalishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan mas’ul va mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Bu boradagi ishlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida reja asosida davom etmoqda.
F.UBAYDULLAEV, Z.UMRZOQOV (surat), O‘zA