Qishda ham ish qizgʻin
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi “Sherjonov Murod” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi paxta, gʻalla va pilla topshirish boʻyicha shartnomaviy rejasini muntazam bajarib kelinmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi “Sherjonov Murod” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi paxta, gʻalla va pilla topshirish boʻyicha shartnomaviy rejasini muntazam bajarib kelinmoqda. Oʻtgan yili xoʻjalik aʼzolari 36 gektar maydondagi paxtadan 87 tonna hosil yetishtirib, rejani ortigʻi bilan uddaladi. Shuningdek, bahorgi mavsumda 4 quti ipak qurtini agrotexnik qoidalar boʻyicha parvarishlab 200 kilogramm pilla mahsuloti yetishtirishga erishdi.
– Ayni paytda qish boʻlsa-da, xoʻjaligimizda dala yumushlari qizgʻin davom etmoqda. Kuzgi bugʻdoyni oziqlantirish, yerlarni sugʻorish, ariqlarni tozalash, texnika va mexanizmlarni bahorgi ekish mavsumiga tayyorlashga kirishganmiz, – deydi yosh fermer Hamro Kamolov. – Bundan tashqari, issiqxonada pomidor yetishtirmoqdamiz. 20 dan ortiq quti asalari ham parvarishlayapmiz.
Kelgusida xoʻjalikda chorvachilik tarmogʻini kengaytirish hamda mineral oʻgʻitlar, bioximik preparatlar va tomorqa egalari uchun urugʻlik sotiladigan doʻkon ochish rejalashtirilgan.


