“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan qish mavsumida elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Toshkent issiqlik markazi” korxonasining 9 ta issiqlik markazidagi mavjud 60 ta qozondan 15 tasi mukammal, 45 tasi joriy ta’mirlandi. Quvurlar izolyatsiyasi mustahkamlandi va bu bilan issiqlik yo‘qotilishi kamaytirildi. Bu ishlar samarasida mavsumda iste’molchilarga harorati 65 darajadan kam bo‘lmagan issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda. 

Shuningdek, Olmazor tumanida kogeneratsiya qurilmasi ishga tushirilib, issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish samaradorligi oshirildi. Yangi texnologiya yoqilg‘i tejamkorligi va ekologik talablarga mosligi bilan ajralib turadi. Natijada 18 ta ko‘p qavatli uy, bir maktab va ijtimoiy soha ob’ekti barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlandi. Bu esa uy-joylarda va ijtimoiy muassasalarda qulay sharoit yaratilishiga xizmat qilmoqda. 

Ayni kunlarda situatsion-tahliliy onlayn dispetcherlik markazi sutkasiga 24 soat ishlab, issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqarish jarayonini muntazam nazorat qilyapti. Bu kabi tadbirlar mavsumni barqaror va betalafot o‘tkazishda muhim omil bo‘lmoqda. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/n7KN_TU5J9o" title="Qish mavsumini betalafot oʻtkazish choralari koʻrilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Ziyodullayeva, A.Ahmedov (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qish mavsumini betalafot o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda (+video) 