Ko‘cha-ko‘yda, aholi orasida: “yoz bu yil issiq bo‘ldi, qish sovuq kelarkan”, “gaz bosimi past bo‘larkan” degan gaplar bot-bot quloqqa chalinadi. Lekin qish g‘amini ko‘rib qo‘yganlar, uyini yoki ishxonasini zamonaviy isitish moslamalari bilan ta’minlab olganlar uchun bu dolzarb mavzu emas.

Ha, bugun dunyoda shunday texnologiyalar yaratilganki oz bosimli gaz, kam quvvatli elektr-energiyasi yoxud quyosh panellari bilan har qanday bino-inshootlarni tez fursatda, yetarlicha haroratda isitish mumkin. Ushbu yangiliklarni 7-9 oktyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” pavilonlariga tashrif buyurib, bilib olish mumkin bo‘ladi. 13-Xalqaro ko‘rgazmada ventilyatsiya, havoni sovutish va isitish moslamalari, suv ta’minoti, santexnika va ekologik toza texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy yechimlar taklif etilmoqda. 

Unda 13 davlatdan 175 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Ularning stendlaridan radiatorlar, zamonaviy qozonxonalar, “issiq pol” tizimlari, havoni sovutish va isitish, ventilyatsiya tizimlari, klapanlar, filtrlar, nasoslar, reduktorlar, maishiy va muhandislik texnikalari, santexnika kabi yuzlab dolzarb mahsulotlar o‘rin olgan. 

Ko‘rgazma doirasida nufuzli kompaniyalarning taqdimot marosimlari, uchrashuvlar, shartnomalar imzolash, mahorat darslari bo‘lib o‘tadi. Bu orqali tashrif buyuruvchilar uylarini, bino va inshootlarini isitish bo‘yicha eng maqbul yechimlar haqida keng ma’lumot olish uchun imkon yaratiladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_7s6hSOB26M" title="Қиш бу йил совуқ келаркан, уйни қандай иситамиз?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qish bu yil sovuq kelarkan, uyni qanday isitamiz? (+video)