Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer kichik qayiqda Fransiyaga kelgan muhojirlarni bir necha hafta ichida yangi pilot tizimi bo‘yicha mamlakatga qaytarish boshlanishini ma’lum qildi. Bu haqda BBC yozgan.
“Kirib-chiqish” kelishuviga ko‘ra, xuddi shunday amaliyot Londonda ham amalga oshiriladi. Ya’ni, ba’zi fransuzlar vataniga qaytariladi. Buning evaziga Buyuk Britaniya xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazilgan holda, muayyan miqdorda boshpana izlovchilar qabul qilinadi.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning davlat tashrifi yakunida u bilan birga nutq so‘zlagan Starmer ushbu reja kichik qayiqlarda kanalni kesib o‘tishga urinish holatlarini kamaytiradi, deb ishonmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA