Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev so‘roqqa olib kelindi
Bu haqda Sputnik Kirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga tayanib xabar bermoqda.
Sobiq prezident bilan idoralararo tergov guruhi ishlayapti. Hozir u Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosida turibdi. U Qumtor oltin koni bo‘yicha so‘roq qilinmoqda, deyiladi xabarda.
“Sobiq prezidentlar Asqar Akayev va Kurmanbek Bakiyev Qumtor oltin konini o‘zlashtirish ishi bo‘yicha qidiruvga berilgani aytilgan edi”, dedi Sputnik Kirg‘izistonga Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev.
Qirg‘izistoning birinchi prezidenti, fizik olim, akademik Asqar Akayev 1990 yilda davlatni boshqarishni boshlagan edi. 2005 yil 24 mart kuni rangli inqilob tufayli u mamlakatni tark etdi. O‘shanda mamlakat aholisi sobiq prezident oilasi a’zolari va yaqin kishilarini davlat aktivlarini xususiylashtirishda ishtirok etganlikda ayblab chiqqandi.