O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.
Xalqimizga xos yuksak gumanizm, bag‘rikenglik va mehr-muruvvat fazilatlarini amalda yana bir bor namoyon etib, ko‘makka muhtoj bo‘lgan insonlarga har tomonlama beg‘araz yordam ko‘rsatishda o‘zini ayamasdan xizmat qilgan, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan quyidagilar mukofotlansin:
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Zaydinova Gulsoraxon Sheraliyevna – Andijon shahridagi 4-son mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Tojimatova Xodyaxon Tursinovna – Jalolquduq tumanidagi “Beshtol” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Abdullayeva Feruza G‘anijanovna – Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Abdurahmonova Roila – Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasining Andijon viloyati, Paxtaobod tumani bo‘linmasi raisi
Nuraliyev Bahromjon Gulomjonovich – Jalolquduq tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo‘limi haydovchisi
To‘ychiyeva Matlubaxon Kamoldinovna – Bo‘z tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Ergashev Avazxon Yaqubjonovich – Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi
Yusupov Masharif – Andijon viloyat hokimligining axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi
“Do‘stlik” ordeni bilan
Vaxobjonova Oydin Vaxobovna – Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Andijon viloyati bo‘limi mas’ul kotibi
Kimsanova Zamiraxon – Paxtaobod tumani “Davr sadosi” gazetasi bosh muharriri
Qurbonova Aropatxon Toshpo‘latovna – Marhamat tumanidagi T.Mirzayev nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Rahmatova Firuza Hasanboyevna – Asaka shahridagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi
Siddiqova Fotima Abdumutalibovna – O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Qo‘rg‘ontepa tumani kengashi raisi
Husanova Munisxon Akbaraliyevna – Jalolquduq tumani hokimligi oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi
Sharopov Anvar Qurbonovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Ergasheva Muyassar Tillakovna – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Qo‘shtepa” qishloq vrachlik punkti mudiri
Yakubova Nigora Kamaldinovna – Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
“Jasorat” medali bilan
Botirov Iqboljon Qobiljonovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Jalilova Ma’mura Abdurasulovna – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili
Nasirdinov Talyat Po‘latovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Pirmuhamedov Jahongir Rixsiboyevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Rasulov Qobuljon Tolibovich – Paxtaobod tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori
Talipov Bahodir Abdurasulovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Umirzaqov Xurshidbek Hamidovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Eraliyev Bobirjon Tolibjonovich – Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining avariya-qutqaruv otryadi haydovchi-qutqaruvchisi
Yo‘ldoshev Husanboy Qosimovich – Jalolquduq tumanidagi “Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘ini posbonlari sardori
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Ketmonov Iqboliddin Homidjonovich – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot-tahlil guruhi katta tergovchisi
Mamadaliyeva Muqaddasxon Tojiddinovna – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi katta inspektori
Matkarimova Gulbahor Sobirjonovna – Shahrixon tumani ichki ishlar bo‘limi 4-harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi kichik inspektori
Nazarov Ahmadjon Nasirdinovich – Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi avariya-qutqaruv otryadi qutqaruvchisi
Tashmatov Bahodir Abdurashitovich – Jalolquduq tumanidagi “Yorqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini chegara posbonlari sardori
Toshmatova Iqbolxon Abdullayevna – Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tezkor vakili
Fattayev Ja’far Rahmanovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Haitmuratov Olimbek Toshpo‘latovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Haydarov Akmaljon Odilovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Haydarov Husan Nishonovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
Shoodilov Farhod Shorustamovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi
“Shuhrat” medali bilan
Abdullayev Farohiddin Abduvahobovich – Qorasuv shahar markaziy poliklinikasining umumiy amaliyot shifokori
Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shoqboyevich – Paxtaobod tumani hokimi
Amanova Zulxumor Alijonovna – Qorasuv shahridagi “Paxtachi” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Begimqulova Mahabatxon – Asaka tumanidagi “Markayuz” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Boltaboyeva Iltifotxon Ibragimovna – Andijon shahridagi “Islomobod” mahalla fuqarolar yig‘ini faoli
Gafarova Qunduzxon Gafarovna – Xo‘jaobod tumanidagi “Oltin vodiy” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi
Jumabayev Akmaljon Adilovich – O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Andijon viloyat bo‘limi kengashi “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi
Ibragimova Odina Yo‘ldoshbayevna – Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasining Andijon viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi
Madrahimova Yoqut Xolmirzayevna – Asaka shahridagi “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi
Mamajonov Mansurbek Ahmedovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali tez tibbiy yordam bo‘limi haydovchisi
Nuritdinova Gulnora Nasretdinovna – “Andijontelekom” aksiyadorlik jamiyatining Kuyganyor filiali direktori
Usmonoxunova Rozixon Yusupovna – Qo‘rg‘ontepa tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri
Haydarova Shohidaxon Ibragimovna – Shahrixon tumanidagi “Qushqo‘noq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Xolboyeva Hafizaxon Mahamadjonovna – O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Paxtaobod tumani kengashi raisi
Yo‘ldosheva Zamira Arabovna – Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasining Oltinko‘l tumani bo‘limi raisi
Yusupov Nodirbek Komilovich – O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Andijon shahar kengashi raisi
Qodirova Nurxon Mamarayimovna – Marhamat tumanidagi “Bo‘riboshi” qishloq vrachlik punktining katta hamshirasi
Qurbonov Elmurod Rustamovich – Andijon shahar hokimligi bosh mutaxassisi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2010 yil 5 iyul