Qirg‘iziston Prezidenti ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymoqchi
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yish niyatini e’lon qildi. Uning aytishicha, prezidentlik saylovida ishtirok etishni istagan har bir kishi uchun yo‘l ochiq.
Biz hech kimni cheklamaymiz, Hammasi qat’iy qonunga muvofiq kechadi, deya ta’kidlagan Japarov.
Shuningdek, u ilgari sobiq davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyevni bo‘lajak prezident sifatida ko‘rganini ta’kidladi:
– 2027-yilgi saylovda nomzodimni qo‘yish emas, balki olti yil rahbarlik qilishni rejalashtirgan edim. Agar Qamchibek Tashiyev tayyor bo‘lsa, tajriba orttirsa va yaxshi ishlay boshlasa, Qamchibekni qo‘yib, nafaqaga chiqaman, degandim.
Sadir Japarov 2021-yil 10-yanvarda bo‘lib o‘tgan muddatidan oldingi saylovda mamlakat rahbari etib saylangan. Markaziy saylov komissiyasi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, u 79,2 foiz ovoz olgan. Inauguratsiya 2021-yil 28-yanvarda bo‘lib o‘tdi. Mamlakatda keyingi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.
S.Rahimov, O‘zA