Qilichbozlikda mamlakat chempionlari aniqlanmoqda
Xabar berganimizdek, shu kunlarda yurtimizning eng kuchli qilichbozlari poytaxtimizdagi qilichbozlik majmuasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston kubogida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Bugungacha o‘tgan murosasiz bahslar davomida shpaga yo‘nalishida yakkalik dasturda musobaqa kuchlilari. O‘z yo‘nalishlarida Fayzulla Alimov, Roman Aleksandrov, Shahzoda Egamberdiyeva va Dilnaz Murzatayeva kabi sportchilar g‘oliblik shoxsupasiga ko‘tarilishdi.
Ertaga – 18 fevral kuni rapira yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bahslari bo‘lib o‘tadi. 19 fevral kuni esa ushbu yo‘nalishdagi jamoaviy bahslarda O‘zbekiston chempionlari aniqlanadi.
O‘zA