Qilichbozlarimiz Olmaotada 5 ta medalli bo‘ldi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari 2 tadan oltin va kumush, shuningdek, 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Terma jamoamiz a’zolaridan Gulistan Perdibayeva yakkalik bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, jamoaviy kurashlarda yurtimiz sablyachi qizlari shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
Musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, Ayako‘z Jumamuratova kumush medal egasiga aylandi. Yigitlar jamoasi ham 2-o‘rinni band etdi. Hamyurtimiz Samira Shokirova bronza medalini qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA