Qilichbozimiz Osiyo kubogi sovrindori
Iordaniyaning Amman shahrida qilichbozlikning rapira va shpaga yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo kubogining yoshlar toifasida reyting turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli xalqaro turnirda mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi a’zosi 14 yoshli Saidbilol Alimov munosib ishtirok etib, shpaga bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan yigitlar o‘rtasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada Makao, Saudiya Arabistoni, Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Bahrayn, Quvayt, Iordaniya va O‘zbekistondan kelgan yuzga yaqin qilichbozlar ishtirok etdi.
J. Toshxo‘jayev, O‘zA