QDU – Osiyoning eng yaxşi universitetlari qatorida
“Quacquarelli Symonds (QS)” xalqaro reyting agentligi tomonidan Osiyoning eng yaxşi oliy öquv yurtlari reytingi – “QS World University Rankings: Asia – 2027” eʼlon qilindi.
Uşbu xalqaro reytingdan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti ham munosib örin egalladi. Bu natija, eng avvalo, davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpoğistonda taʼlim sifatini oşiriş, oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va akademik salohiyatini oşirişga qaratilayotgan yuksak eʼtibor hamda yaratilayotgan keng imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.
Şu bilan birga, taʼlim tizimida izçil amalga oşirilayotgan islohotlar, taʼlim va ilm-fan integratsiyasini mustahkamlaş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, oliy taʼlim muassasalarining xalqaro akademik maydondagi nufuzi va raqobatbardoşligini oşiriş borasidagi saʼy-harakatlarning muhim natijasidir.
Uşbu eʼtirof mazkur oliy öquv yurti jamoasi uçun katta yutuq bölib, kelgusida taʼlim sifati va ilmiy salohiyatni yanada oşiriş, xalqaro miqyosdagi nufuzni mustahkamlaş yölida yangi marralarni egallaşga xizmat qiladi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri