Maktab — inson hayotida o‘ziga xos o‘rin egallovchi, uning bilimli, tarbiyali kamol topishida poydevor bo‘lib xizmat qiluvchi ziyo maskani. Har yili yurtimiz bo‘ylab minglab o‘quvchilar maktablarni bitirishadi. Ularning ko‘zlarida bir vaqtning o‘zida ham quvonch ham qayg‘uni ko‘rishingiz mumkin.

Bir tarafdan 11 yil davomida o‘z oilasiday bo‘lib ketgan ustozlari, sinfdoshlarini tark etish og‘ir bo‘lsa-da, tanganing boshqa tarafida porloq kelajak uchun qadam qo‘yayotganidan sevinayotganiga guvoh bo‘lamiz. 2023-2024 o‘quv yilida 414,6 ming bitiruvchi maktabni tamomlagan. Shundan qiz bolalar 223,1 ming nafarni, o‘g‘il bolalar esa 191,5 ming nafarni tashkil etgan. 

Maktab ta’limini tamomlar ekan, qalbida limmo-lim orzular-u maqsadlari bo‘lgan, shu bilan birga, turli xil sabablar yuzasidan oliy ta’limda o‘qiy olmasligidan shashti past o‘quvchilarni ham uchratamiz. Mamlakatimizda bitiruvchi-yoshlarning kasb tanlashi borasidagi qarorlarini o‘rganish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishchi guruhi tomonidan 2024 yilda 900 ta maktabga borib pedagoglar, yoshlar bilan suhbatlashilgan edi. Bundan tashqari ilmiy yondashuv asosida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan telegramdagi rasmiy kanal orqali “Bitiruvchilarning rejalari aniq(mi)?” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazilib, tadqiqot olib borilgan.

Har ikkala yondashuv asosida – borib ko‘rganda ham so‘rovnoma o‘tkazilganda ham xulosalar bir xil bo‘lgan. O‘quvchilarning ba’zilari maktabni tugatgach, chet davlatga ketmoqchi ekanini aytgan. So‘rovnomada 17,1 ming nafar o‘quvchi ishtirok etib, ularning 67 foizi allaqachon kasb yoki sohalarini tanlab qo‘yganini bildirgan bo‘lsa, 6 foizi kelgusi rejalarini hozirdan rejalashtirishga hali erta deb hisoblashini, shuningdek, oila qurishini aytishgan. 11 foiz bitiruvchi esa maktabni tamomlab, xorijda mehnat qilishga ketishni rejalashtirmoqda. O‘quvchilardan xorijga qanday maqsadda ketmoqchiligi so‘ralganda 37 foiz bitiruvchi o‘qishga qiziqishi borligi, ammo moddiy imkoniyati yo‘qligini bildirgan. 33 foizi esa bu savolga aniq javob bera olmagan. 9 foizining o‘qishga qiziqishi yo‘q. So‘rovnoma va olib borilgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, yurtimizda 100 dan ortiq kasb mavjud bo‘lsa-da, bitiruvchilar bor-yo‘g‘i 20 ga yaqin kasb haqida tasavvurga ega. Eng achinarlisi, 18 ta fan o‘qituvchilari bilan suhbatlashilganda, ularning o‘z sohasi bo‘yicha bitiruvchilarga beradigan tavsiyasi ko‘pi bilan 5-6 ta kasbni tashkil etgan. Ta’limning ahamiyati, zamonaviy kasblar va ta’limdagi islohotlar haqida faqatgina o‘qituvchi va o‘quvchilarni xabardor qilmasdan balki, ota-onalarning dunyoqarashini o‘zgartirish, media savodxonligini oshirishga ham e’tibor berish darkor.

Shu o‘rinda jadallashib borayotgan dunyoda yosh avlodning qiziqayotgan sohalariga to‘xtalsak. Bulardan birinchisi, texnologiyalar va IT sohasidir. So‘nggi yillarda IT va texnologiya katta tezlik bilan rivojlanmoqda. Bu esa maktab bitiruvchilarining sohaga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otmoqda. O‘zbekistondagi bir qancha universitetlar IT fakultetlariga ega. Shu bilan bir qatorda, viloyat universitetlarida ham dasturlash, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor berilmoqda. 

Kundan kunga IT sohasidagi mutaxassislarga ehtiyoj ortib borishi natijasida o‘quv markazlarda ham onlayn va offlayn kurslar ochilgan va ochilmoqda. Keyingi o‘rinni tibbiyot sohasi egallaydi. Tibbiyotda hali davosi topilmagan xastaliklarga barham berish, yosharib borayotgan kasalliklarning oldini olish maqsadida tibbiyot sohasiga hujjat topshirayotgan yoshlarning soni har yil o‘sib bormoqda. O‘quvchilar tomonidan qiziqish bildirilayotgan keyingi sohalar siyosatshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, biznes va tadbirkorlik, yurisprudensiyadir.

Xulosa qilib aytganda, maktab bitiruvchilarining turli yo‘nalishlarga qiziqishi ularning jamiyatda o‘zlari istagan mavqega erishishi va davlatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga zamin yaratadi. Ularning tanlovlari mamlakatning har bir sohasi bir maromda harakatlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Rustam TURSUNALIEV,

O‘zDJTU talabasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qaysi sohalar maktab bitiruvchilarida qiziqish uyg‘otmoqda?