Siz nima deysiz?

Hozirgi globallashuv davrida axborot oqimi shunchalar ko‘paydiki, ularni “yaxshi-yomon”ga ajratish, tahlil qilish, anglash, tegishli xulosa chiqarish har birimizning bilim va dunyoqarashimiz darajasiga bog‘liq.  

Raqamli texnologiyalar, elektron ma’lumotlar bazasi, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qator qulayliklarga ega. Masalan, internet orqali dunyoning istalgan joyida yuz bergan yangilikdan tezda xabardor bo‘lish mumkin.

Gazeta-jurnallar, bosma nashrlarni o‘qish uchun esa biroz harakat, sarf-xarajat talab qilinadi: obuna bo‘lish yoki sotib olish kerak.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: yurtdoshlarimiz gazeta-jurnallarni mutolaa qilyaptimi yoki bu ehtiyojni internet orqali qondiryaptimi?  

Farg‘onalik ayrim yurtdoshlarimizning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.

Omonjon HOSHIMOV, mehnat faxriysi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi:  

– Avvalo, internetning “a’lo”siniyam, “balo”siniyam yaxshi bilaman. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan xabar va axborotlar, bo‘lar-bo‘lmas fikrlardan odamlar charchadi. Internet saytlari, hazrat Navoiy ta’biri bilan aytganda, “og‘ziga kelganni demoq” uchun minbar bo‘lib qolmasligi kerak. Qanday fikr-mulohaza, yondashuv, ma’lumot bo‘lishidan qat’iy nazar, uni aytayotgan, tarqatayotgan kishidan hayo, odob, mas’uliyat talab qilinadi. Xususiy sayt va kanallarda maza-bemaza, oldi-qochdi, shov-shuvga moyil, “tagi yo‘q” axborotlar ko‘payib ketdi. Mavzular bo‘yicha tahlil, mantiqli fikrlash yaqqol ko‘zga tashlanmaydi.  

Gazeta-jurnallar, bosma nashrlarning esa men hurmat qiladigan jihati shundaki, chop etilgan maqolalarning muallifi, demakki, mas’uliyati bor. Har bir maqola yoki xabar muharrir chig‘irig‘idan o‘tadi, tahlil qilinadi. Ikkinchidan, bosma nashrlar – jonli tarix. Ularda o‘z davrining nafasi sezilib turadi. Menda 70-80-yillarga oid gazetalar taxlami bor, hozir ham respublika va viloyat nashrlariga obuna bo‘laman. Ularni o‘qib, mulohaza qilaman. Aslida ham, eshitish boshqa, ko‘z bilan ko‘rib, o‘qish boshqa-da. Gazeta yoki jurnal o‘qigan odamning til boyligi, tafakkur kengligi ham yuksalib boradi.          

Shuhratjon ISMOILOV, shifokor:  

– Rostini aytsam, keyingi paytda gazeta o‘qigani vaqtim yo‘q. Ishxonada yoki biror idorada ko‘zim tushib qolsa, albatta, qo‘limga olib, mutolaa qilaman. Ba’zan odamlar uchun juda foydali va o‘rinli maqolalar e’tiborimni tortadi. Ilgari uyimizga pochtachi har hafta bir taxlam gazeta tashlab ketardi. Obuna narxiyam uncha qimmat emasdi, menimcha. O‘sha gazeta-jurnallarni o‘qib katta bo‘ldik. “Yoshlik”, “Gulxan”, “Sharq yulduzi”, “Saodat” jurnallari, bir-biridan qiziqarli va o‘ziga xos gazetalarni ota-onam, oila a’zolarimiz ham qo‘ldan qo‘ymay, keyingi soni kelgunicha mutolaa qilishardi. Sohamga oid nashrlarga obuna bo‘lish, bilimimni oshirish niyatidaman.  

Hozirgi paytda internet rivojlanib, istalgan axborotni olish imkoniyati bor. “kun.uz”, “uza.uz” kabi saytlarda dolzarb masalalar, tezkor xabarlar beriladi. Siyosiy voqealarga munosabat, ularning tahlilini o‘qish mumkin. Umuman, gazeta bo‘ladimi, sayt bo‘ladimi – mazmuni, saviyasiga qarab odamlar o‘zi tanlab olaveradi.  

Hojiakbar SHAHOBIDDINOV, talaba:  

– Gazeta-jurnallarni kam o‘qiyman. Uydagilar obuna bo‘lishadi yoki sotib olishadi. Internet va zamonaviy telefonlar yordamida gazetalarni bemalol o‘qish mumkin, ular PDF shaklida omma e’tiboriga havola etilmoqda. Elektron kitoblarni ham shu usulda mutolaa qilaman.  

Bir jihatga e’tibor qaratish kerak. Misol uchun, biror sohaga oid gazetadan faqat shu yo‘nalishdagi ma’lumotlarni olasiz, saytlarda esa turli-tuman yangiliklar, tezkor axborotlar, qiziq ma’lumotlar yangilanib turiladi. O‘ylashimcha, gazetalar ancha arzon tarqatilsa yoki elektron ko‘rinishga o‘tkazilsa, o‘quvchilar soni keskin ortadi. Nima bo‘lganda ham, maqola va badiiy asarlar mutolaasi zarur, kitobxon va gazetxon kishilarning fikrlash doirasi keng bo‘ladi.  

Bu biz suhbatda bo‘lgan yurtdoshlarimizning shaxsiy mulohazasi. Tan olish kerak, axborot maydonida bugun raqobat kuchli. Bosma nashrlar ham zamon bilan hamnafas bo‘lishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin. Xo‘sh, bu borada sizning fikringiz qanday?  

Ma’sudjon Sulaymonov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qaysi biri ma’qul: gazeta-jurnal yoki sayt?