Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar masalasida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun qator hokimlar ishdan bo‘shatildi.

Davlat rahbari oldingi videoselektor yig‘ilishida A.Ikromov, S.Xolxo‘jayev va “Mikrokreditbank” (Bo‘tayev)ga “1+1” dasturi doirasida 100 ming nafar yoshni o‘qitib, keyin ularga imtiyozli kredit ajratish topshirig‘i berilgani, lekin A.Ikromov va uning quyi tuzilmalari bu ishlarni tizimli tashkil eta olmayotganini qayd etdi.

Misol uchun, uch oyda mamlakat bo‘yicha 21 ming nafar yosh tadbirkorlikka o‘qitilgan, Toshkent shahrida atigi mingta, Namanganda esa 1 ming 100 ta sertifikat berilgan. Buxoro viloyatida esa bor-yo‘g‘i 216 nafar yoshga kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish orqali 6,2 milliard so‘m kredit ajratilgan.

Prezident imtiyozli kreditlarni ajratishdan avval, yoshlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishga yetarli e’tibor berilmayotganini ta’kidladi.

Yig‘ilishda Surxondaryo viloyatida yoshlar bandligini ta’minlash 30 foizni (15 ming 500 nafar) tashkil etishi, bu respublikadagi eng past ko‘rsatkich ekani qayd etildi.

Shuningdek, Xo‘jaylida atigi 16 nafar (2 ming nafar yoshlar ishsiz), Furqat tumanida 27 nafar (2,1 ming nafar), Ulug‘norda 78 nafar (3,7 ming nafar), Angorda 82 nafar (3,4 ming nafar) ishsiz yoshlar “1+1” loyihasi bilan qamrab olingan.

Yoshlar bilan yetarli ish olib borilmagani oqibatida, Surxondaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik oshgan. Bu boradagi ahvol Shofirkon, Qamashi, Xiva va Chust tumanlarida ham qoniqarsiz.

Yig‘ilishda yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Begimqulov, Furqat tumani hokimi Soliyev va Ulug‘nor tumani hokimi Maxsudov;

yoshlar jinoyatchiligining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmagani uchun Shofirkon va Qamashi tumanlari prokurorlari, Xiva va Chust tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari;

yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun, Xo‘jayli va Angor tumani soliq idoralari rahbarlari lavozimidan ozod etildi.

Savdo-sanoat palatasi raisiga tadbirkor yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etmagan palataning Buxoro va Surxondaryo viloyatlari rahbarlarini lavozimidan bo‘shatish bo‘yicha topshiriq berildi.

Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, Biznes-ombudsman D.Qosimov, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanov, iqtisodiy taraqqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S.Xolxo‘jayev va “Mikrokreditbank” raisi Bo‘tayev qat’iy ogohlantirilib, ularga vaziyatni o‘nglashi uchun uch oy muddat berildi.

A.Ikromov va D.Qosimov “1+1” dasturi orqali 1 million yoshni qamrab olib, natija ko‘rsatmasa lavozimidan olinishi haqida ogohlantirildi.

– Har bir ishdan ketgan odam ishlagan davrida olgan oyligini davlatga qaytaradi. Rahbarlarning yoshlar masalasida e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yishiga haqqi yo‘q, - dedi davlat rahbari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qator hokimlar va sektor rahbarlari ishdan olindi