Qatarga tashrif yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatarning sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari Doha shahrida Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi.
Tashrif yakunlangach, Prezidentimiz Dohadan Toshkentga jo‘nab ketdi.

