Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston xalqaro maydonda faol va pragmatik siyosat olib borayotgan, madaniy-ilmiy almashinuvlarga keng yo‘l ochayotgan mamlakat sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, o‘lkada yoshlar salohiyatini rivojlantirish, ularning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi xalqaro miqyosda ham o‘z aksini topmoqda.

Shu maqsadda, turli davlatlarda yurtimizning madaniy salohiyatini namoyon etuvchi anjumanlar tashkil etilib, ular orqali dunyo jamoatchiligi O‘zbekiston haqidagi tasavvurini yanada boyitmoqda. 

Yaqinda Doha shahrida Qatar Davlati Madaniyat vazirligi, Al Jasra madaniyat markazi va yurtimizning Qatardagi elchixonasi hamkorligida “O‘zbekiston qizlarining ovozi: madaniyatlar o‘rtasida ko‘prik va dunyo uchun ilhom” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Dohadagi elchimizning madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Oybek Mamatov, Al Jasra madaniyat markazi vakillari, diyorimizdagi “Shine” qizlar akademiyasi rahbari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Shohida Yusupova, shuningdek, qatarlik ziyolilar, madaniyat arboblari va o‘zbek talaba qizlari ishtirok etdi.

Yig‘in avvalida elchi maslahatchisi O.Mamatov so‘zga chiqib, bugungi kunda O‘zbekistonda o‘zbek yoshlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, xotin-qizlarning xalqaro miqyosda faol ishtiroki va bu kabi anjumanlar ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Al Jasra madaniyat markazi xodimasi Hanan Badih Qatarda o‘zbek san’ati va an’analarini keng targ‘ib qilish, ijodiy almashinuvni yo‘lga qo‘yish muhimligini qayd etar ekan, kelgusida bunday hamkorlik yanada faollashishiga umid bildirdi.

– Azal-azaldan millatlarimizning ildizlari teran, dini bir va madaniyati mushtarak, - dedi Hanan xonim. – Eng muhimi, aloqalarimiz rivoji yo‘lida adabiyot va san’atning ham o‘rni beqiyos. Biz uchun Markaziy Osiyo davlatlari madaniyati juda qiziq. Bu jarayonlarda o‘zbek ayol-qizlarining faolligi esa quvonarli hol.

Shuningdek, davra suhbatida iste’dodli ayol-qizlarimiz ham so‘zga chiqib, Vatanimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berishdi.

– Ayni paytda biz AQSH, Xitoy, Turkiya, BAA, Ozarbayjon, Misr va Hindiston kabi davlatlarning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda madaniy almashinuv loyihalarini amalga oshirib kelmoqdamiz, -dedi “Shine” qizlar akademiyasi rahbari Shohida Yusupova o‘z nutqida. – Boshqacha aytganda, xalqaro antologiyalar nashr etish orqali O‘zbekiston va o‘zbek xotin-qizlari ijobiy imijini dunyo bo‘ylab tarannum etyapmiz. Bu – nafaqat mening, balki yuzlab bilimli va iqtidorli o‘zbek qizlarining yutug‘idir.

Samimiy ruhda kechgan tadbir davomida o‘zbek talaba qizlari milliy liboslarda sahnaga chiqib, yig‘ilganlarga o‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib berishdi.

Darhaqiqat, bunday loyihalar diyorimizning madaniy va ijodiy salohiyatini sayyoramiz bo‘ylab namoyish etish, ayollarimiz intellektual imkoniyatini yuksaltirish, qolaversa, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘.Alimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatarda yurtimiz madaniyati va san’ati namoyish etildi