Qatarning QNA davlat axborot agentligi, shuningdek “Ar-Raya”, “Ash-Sharq” kabi yetakchi nashrlari vaqf va islom ishlari vaziri G‘anim bin Shahin bin G‘anim Al-G‘anim Toshkentga tashrifi chog‘ida qator O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashganini batafsil yoritdi.

Mehmonlarga Qatarning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim hamrohlik qilgan.

Mulozim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov bilan uchrashuvda islomiy ish bilan bog‘liq ijtimoiy farovonlik yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbolini belgilash, ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish uchun institutsional tajriba almashish mexanizmini yaratish masalalari muhokama qilingan.

Janob Al-G‘anim Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev bilan uchrashuvlarda o‘zaro aloqalar rivojlanayotgani, ikki davlat rahbarlarining do‘stona munosabati, oliy darajada imzolangan hujjatlar hamkorlik jadal taraqqiy etishida muhim omil ekaniga urg‘u bergan.

Martabali mehmonga diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, e’tiqod erkinligi yo‘nalishidagi yangilanishlar va ko‘p millatli xalqimiz uchun taqdim etilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Ayniqsa “Vaqf” xayriya jamoat fondi, ilmiy-tadqiqot markazlari, masjid-madrasalar, Fatvo markazi, Qur’oni karim va tajvid o‘quv kurslari Qatar delegatsiyasida katta qiziqish uyg‘otgan.

G‘anim bin Shahin bin G‘anim Al-G‘anim O‘zbekistonga ilk tashrifidan mamnunligi, bu zamin dunyo tamadduni markazlaridan biri ekani, ulug‘ mutafakkirlarimiz bashariyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgani, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi allomalar butun olamga mashhurligini e’tirof etgan.

Uchrashuvda diniy soha xodimlari malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot, ta’lim-tarbiya va ziyorat turizmi yo‘nalishlarida hamkorlik o‘rnatish mavzulari ham ko‘tarilgan.

Tomonlar islom olami maqsadiga xizmat qiladigan barcha sohalarda muvofiqlashtirish va hamkorlikni davom ettirish, oliy insoniy qadriyatlarni mustahkamlashda diniy institutlar rolini oshirish muhimligini ta’kidlagan.

Ushbu tashrif Vaqf va islom ishlari vazirligining qardosh va do‘st davlatlar bilan aloqani mustahkamlash, bag‘ri keng islomiy qadriyatlarga xizmat qilish, jamiyatga xizmat ko‘rsatishda diniy muassasalar rolini oshirishga sodiqlikni ifodalaydi.

Mehmonlar “Hazrati Imom” majmuasini ziyorat qilib, osori-atiqalarni saqlash, ilmiy-ma’naviy merosni asrab-avaylash va islom ma’rifatini keng targ‘ib etish borasida olib borilayotgan tarixiy ishlarni yuqori baholadi.

Shuningdek, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida oliy ma’had faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar Vaqf va islom ishlari vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi