Kecha “JCH-2022”da 1/8 final o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Portugaliya-Shveysariya (6:1) matchini «Lusail Aykonik» stadionida kuzatgan salkam 89 ming tomoshabin yettita gol ko‘rdi. Portugaliya 1966 va 2006 yillari ham 1/4 finalga yetib borgan.

Krishtianu Ronaldu kecha mundiallardagi yigirma birinchi o‘yinini o‘tkazdi va bu borada argentinalik Diyego Maradona, germaniyalik Uve Zeyeler va polshalik Vladislav Jmudaga yetib oldi. O‘yinning 73-daqiqasida maydonga tushgan Ronaldu Qatarda eng ko‘p o‘yindan tashqari holatga tushgan futbolchiga aylandi. U 83-daqiqada aynan ofsayddan darvozaga to‘p yo‘lladi. Raqib himoyachilari Ronalduni jami olti marta shunday holatga tushirgan.

21 yoshli Gonsalu Ramush 1962 yildan beri chempionatlarda xet-trikka erishgan eng yosh o‘yinchi bo‘ldi. Vengriya futbolchisi Florian Albert 20 yoshida Bolgariya bilan matchda uch gol urgan.

Brunu Fernandesh “JCH-2022”ning uchta o‘yinida ikki to‘p kiritdi va uchta aniq uzatma amalga oshirdi. Portugaliyada bunday natijani 1966 yil Eysebio qayd etgan.

Ikkinchi gol muallifi himoyachi Fernandu Santush Pepe jahon chempionati pley-off o‘yinlarida darvozani ishg‘ol etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. U hozir 39 yoshda.

Ispaniya– Marokash matchining asosiy va qo‘shimcha vaqtida gol urilmadi. 11 metrdan to‘p tepish bahsida afrikaliklarning qo‘li baland keldi – 3:0. Shimoliy Afrikaning bu davlati tarixda ilk bor chorak finalga yo‘l oldi.

Marokashlik golkiper Yassin Bono “Eng yaxshi o‘yinchi”, deb topildi. U ikki marta penaltini qaytardi. Bono mundial tarixida penalti seriyasida gol o‘tkazmagan ikkinchi darvozabon. Ukrainalik Aleksandr Shovkovskiy bu borada birinchi. Ukraina Germaniyada o‘tgan “JCH-2006”da shveysariyaliklarni mag‘lub etib, chorak finalga chiqqan.

Ispaniya darvozasi qo‘riqchisi Unay Simon mag‘lubiyatni sharhlarkan, shunday dedi: “Jahon chempionatlarida syurpriz, teng o‘yin, yuqori darajadagi himoya bo‘ladi. Biz bu sinovlardan o‘ta olmadik. Marokashga yutqazamiz, deb sirayam o‘ylamagan edik”.

Ispaniya bosh murabbiyi Luis Enrike tarafdorlaridan uzr so‘radi: “Bizni yaxshi qo‘llab-quvvatladingiz, minnatdormiz. Marokashni qutlashdan boshqa chora qolmadi. Bizni kechiringlar”.

O‘yin tugashi bilan afrikalik futbolchilar “shukur sajdasi”ni qildilar.

Bosh murabbiy Valid Regragi yarim himoyachi Hakim Ziyosh haqida gapirdi. “Neymar Braziliya, Mbappe Fransiya uchun qanday qadrli bo‘lsa, u ham biz uchun shunchalik qadrli. Ayrim murabbiylar hamma o‘yinchini bir xil ko‘rish kerak, deyishadi. Men bu gapga qo‘shilmayman. Hakim oddiy futbochilar sirasidan emas”.

Qatar Amiri Tamim bin Hamad Al-Taniy o‘z hisobidan Marokash – Ispaniya matchi uchun ming dona chipta sotib olib, marokashlik futbol fanatlariga tarqatdi.

Bu o‘yin uchun chipta narxi o‘n barobar qimmatlashganda Marokash futbol federatsiyasi FIFAga shikoyat bilan chiqdi. Shundan so‘ng afrikaliklarga besh ming chipta ajratildi.

Endi “JM-2022”da qayd etilgan ayrim qiziqarli faktlar haqida.

Jamoalar tarkibidagi 207 o‘yinchidan 65 nafari Angliya chempionatida to‘p suradi. “Premer liga”ning “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klublaridan 22 nafar, Ispaniya “La Ligasi”dan 31, Italiya “A seriya”sidan 23 futbolchi.

Qatarda jami 21 liga vakillari bor.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati 1930 yildan boshlab o‘tkazilmoqda. Hozirgacha 21 mundialning to‘qqiztasida Janubiy Amerika jamoalari – Braziliya (5 karra), Argentina va Urugvay (2 martadan) g‘olib chiqqan. Qolgan 12 turnirda yevropaliklar qo‘li baland kelgan – Germaniya va Italiya 4 martadan, Fransiya 2 bor, Angliya va Ispaniya.

Navbat Afrikaga kelgan bo‘lsa, ajab emas...

Abror XON, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar. Navbat chorak finalga. Qiziqarli faktlar...