Qatar poytaxti Doha shahrida shaxmat bo‘yicha davom etayotgan “Qatar Masters-2024” xalqaro turnirining 6-tur o‘yinlari ertaga, 9 dekabr kuni o‘tkaziladi.

Bugun, 8 dekabr kuni xalqaro turnir ishtirokchilari uchun dam olish kuni etib belgilangan.

Kecha poyoniga yetgan 5-tur bahslarida hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov qora donalarda hindistonlik Pranesh bilan, Abdumalik Abdusalimov qora donalarda Nihal Sarin bilan, Nodirbek Yoqubboyev qora donalarda italiyalik Lorenso Lodiki bilan durangga erishdi.

Mahoratli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov mazkur turda oq donalarda hindistonlik Ayush Sharmani mag‘lub etdi.

Mukofot jamg‘armasi 94 ming 200 AQSH dollaridan iborat turnirning 5-turida mamlakatimiz shaxmatchilaridan Muhiddin Madaminov, Saidakbar Saidaliyev, Olmas Rahmatullayev va Muhammadali Abdurahmonov g‘oliblikka erishgan bo‘lsa, Muhammadzohid Suyarov, Afruza Hamdamova, Humoyun Bekmurodov va Asrorjon Omonov durang natija qayd etgan vaziyatda Ortiq Nigmatov, Bahrom Baxrillayev va Nilufar Yoqubboyeva imkoniyatni boy berdi.

Ertaga o‘tadigan 6-tur bahslarida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda bolgariyalik Arkadiy Naydich bilan, Shamsiddin Vohidov italiyalik Lorenso Lodichi bilan, Nodirbek Yoqubboyev FIDE bayrog‘i ostida turnirda qatnashayotgan Ivan Zemlyanskiy bilan, Abdumalik Abdusalimov armanistonlik Ayk Martirosyan bilan kuch sinashadi.

Ortda qolgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, 2 nafar shaxmatchi 4,5 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. 6 nafar shaxmatchi 4 ochkoga, 21 nafar shaxmatchi esa 3,5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan. Ular orasida mamlakatimiz grossmeysterlaridan Nodirbek Yoqubboyev 17-o‘rinda, Shamsiddin Vohidov 19, Nodirbek Abdusattorov 21, Abdumalik Abdusalimov 25, Muhiddin Madaminov 29-pog‘onadan joy egallagan.

Eslatib o‘tamiz, 9 turdan iborat “Qatar Masters-2024” xalqaro turniri 12 dekabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Qatar Masters-2024"ning 5-turida 5 nafar shaxmatchimiz g‘alabaga erishdi