Qatar amiri: Fors ko‘rfazi mojarosi tufayli daromad 42 foiz kamaydi
Amir Tamim bin Hamad Al-Taniy Qatarning umumiy daromadi joriy yil birinchi yarmida Hurmuz bo‘g‘ozi atrofidagi inqiroz tufayli 42 foiz kamayganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, pasayish “asosiy xizmat yoki rivojlanish ustuvorligiga ta’sir qilmagan”.
Amirning so‘zlariga ko‘ra, Hurmuz bo‘g‘ozi yopilishi va Ras Laffan sanoat hududidagi ba’zi energetika inshootlariga bevosita zarar yetkazilishi mamlakat eksportining salmoqli qismini chekladi. Ma’lumki, ushbu mamlakat jahon suyultirilgan tabiiy gaz savdosining taxminan beshdan bir qismini ta’minlaydi. Shu bois Qatardagi kichik uzilish ham “barcha bozor va iste’molchilarga tezda ta’sir qiladi”.
S.Rahimov, O‘zA