Sayohat manzillari

Avvalgi videohikoyamizda Qashqarning qadim ko‘chalari bo‘ylab sayr qila boshlagan edik. Qo‘hna shahar imoratlari asosan o‘ymakorlik bilan bezatilgan yog‘ochsozlikka asoslangan. Uylar pishgan g‘ishtdan qurilgan bo‘lsada, pishitilgan mayin somonli  loysuvoq qilinadi. Bu yozda issiqdan, qishda esa sovuqdan asraydi, deydi aholi. Qashqar iqlimi shifobaxsh o‘simliklar uchun g‘oyat qulay. Qolaversa, sharqda Xitoyning uch yarim ming kilometrlik sahrosi bor, janubiy va g‘arbiy tog‘lardan Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab o‘tgan karvonlar hamisha Qashqarda to‘xtagan, mol almashgan, savdo qilgan. O‘sha zamonlardan buyon bu yerdagi ko‘chalarning biri ziroatchi deb atalgan. Uning hozirgacha saqlangan o‘nlab do‘konlarida turfa xil giyohlar sotiladi.

– Qashqarda shifobaxsh o‘simliklar ko‘pligi va odamlar ularni iste’mol qilayotgani uchun bemorlar nisbatan kam deyishadi. Shu to‘g‘rimi? –deb  so‘raymiz biz do‘kondorlarning biridan.

–Darhaqiqat Qashqar bir tomondan Tokli Makon sahrosi yaqinida, bir tomondan Tyan-Shan tog‘lariga tutash bo‘lgani uchun shifobaxsh ziroat juda ko‘p. Odamlar ulardan samarali foydalanib kelyapti, – deydi ziroat do‘kondori Alijon Xalfa.  

Qashqarliklar xonadonida ham, restoranu ovqatxonalarda ham eng suyukli ichimlik – choy. Lekin u bizning tasavvurimizdagi xitoy, hind yoki seylon choyi emas. Hamma joyda giyohli choy ichiladi.

–Mana bu giyohlardan  tayyorlangan choy damlamasi qon bosimini tushiradi. Uning tarkibida tog‘lardagi yovvoyi o‘rik mag‘izi, Qashqar zirasi va zirki, bodiyon va qora choy bor, – deydi Alijon Xalfa. –Bunisini esa uyg‘urchoy deydilar. Uning tarkibida giyohlardan tashqari qora murch, qalampir, cho‘l o‘simligi qovzag‘ining talqoni, Qashqar atirgullari ham qo‘shilgan. U oshqozonni qizitadi. Tomoqdagi shamollashni bartaraf etadi. Ichni yuritadi.

Qashqarning tashrif qog‘ozlaridan biri – uning gulqand shirinligidir. Gulqandni ayniqsa Osiyo mamlakatlaridan kelgan sayyohlar juda yoqtiradilar. Uning xushbo‘y hidi ko‘chalargacha tutib ketgan. Biz ham bunday imkoniyatni  qo‘ldan bermay bir nechtasini sotib oldik.

–Mana bu esa Qashqarning mashhur qizil atirgullari bargidan tayyorlangan gulqant. U faqat Qashqarda tayyorlanadi. Unga sahro gullari quritib qo‘shiladi va 90 kun quyosh nurida saqlanadi. Uning xususiyati shuki, oshqozonning barcha kasalliklariga shifo bo‘ladi. Gulqantni Qashqardagi barcha xonadonlarda tayyorlaydilar.

Eski shaharning hamma ko‘chalarida aholi yashaydi. Tabiyki, ularda quvonchli voqealar – to‘ylar ham bo‘lib turadi. Qiziquvchan sayyohlar bir lahza bepul tomosha ko‘radilar. Chunki uyg‘urlar milliy urf-odatlari, kuy-qo‘shiqlari, umuman milliyliklarini saqlab  qolganlar.

Qashqarning mashxur raqqosasi Xiyoli bilan tanishmoqchimisiz? Unda Qashqar manzaralari turkumidagi navbatdagi videohikoyamizni kuting.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/GJR4UyTQil8?si=Q-ZF8JWfVSPaIx1u" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqar manzaralari (2-qism)