Qashqadaryolik sportchilar g‘olib
Qarshida 7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida sportning yakkakurash turi – jit kun do bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Qarshida 7 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida sportning yakkakurash turi – jit kun do bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.Unda hamyurtlarimiz bilan birga, Qozog‘istondan kelgan yosh sportchilar o‘zaro kuch sinashdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvlarda umumjamoa hisobida g‘oliblik Qashqadaryo viloyati terma jamoasiga nasib etdi. Toshkent va Sirdaryo viloyati sportchilari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.