Qashqadaryo viloyatida tarvuz mavsumi qizg‘in tarzda boshlandi. Viloyatning Ko‘kdala tumanida ko‘p yillardan buyon erta pishar tarvuz yetishtirish an’anaga aylangan bo‘lib, bu yil ham hosil odatdagidan ancha oldin pishib yetildi. Ayniqsa, har kuni dalalardan yig‘ib olinayotgan tarvuzlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya kabi qo‘shni davlatlarga eksport qilinayotgani quvonarli holdir.

Joriy yilda tumanda tarvuz ekiladigan yer maydoni 15 ming gektardan 22 ming gektargacha kengaytirildi. Bu esa hosil miqdorining ham ortishiga zamin yaratdi. Aynan shunday islohotlar natijasida 10 ming gektar yer maydoniga “Dolbi” navli tarvuzlar ekildi. Mazkur nav o‘zining suvsizlik va issiqlikka chidamliligi, yuqori hosildorligi hamda eksportbopligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, u oddiy navlarga nisbatan ancha erta pishishi bilan ham ahamiyatga ega.

Eksport jarayonlarining samarali tashkil etilishida Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Ular mahsulotlarni “eksport” bojxona rejimida rasmiylashtirishda tadbirkorlarga yengilliklar yaratish, tartib-qoidalar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish orqali sohadagi byurokratik to‘siqlarni kamaytirishga hissa qo‘shmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha Qashqadaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar tomonidan deyarli 2 ming tonnaga yaqin tarvuz eksport bojxona rejimida rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat viloyat agrosanoat salohiyati oshib borayotganini, mahalliy fermer va tadbirkorlar xalqaro bozorda ham o‘z o‘rnini topayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda tarvuz eksporti qizg‘in pallaga kirdi