Qarshi shahrida bolajonlarning eng sevimli maskanlaridan biri bo‘lgan zamonaviy qo‘g‘irchoq teatri binosi foydalanishga topshirildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosi doirasida  Qashqadaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri binosining yangi qurilishi teatr jamoasi uchun yanada quvonarli voqea bo‘ldi. Mazkur binoning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murodjon Azimov, madaniyat vazirining o‘rinbosari Yusufjon Usmonov ishtirok etdi.    

Mazkur qo‘g‘irchoq teatri 1994 yilda viloyat musiqali drama teatri qoshida o‘z faoliyatini boshlagan. Teatr jamoasi o‘tgan yillar mobaynida yigirmaga yaqin yangi spektaklni sahnalashtirib, bolajonlarga taqdim etdi. Respublika miqyosidagi ko‘plab tanlov va festivallarda ishtirok etib, g‘olib hamda sovrindorlar safidan joy egalladi.    

Jamoada yanada yangi imkoniyatlarni ishga solish, katta marralarni zabt etishga ishtiyoq baland. Lekin shu kunga qadar teatrning o‘z binosi yo‘qligi sabab, teatr jamoasi turli moslashtirilgan binolarda ijarada turib, faoliyat yuritayotgani ma’lum ma’noda jamoa imkoniyatlarini cheklayotgan edi.  

[gallery-14408]

Qo‘g‘irchoq teatrining yangi binosida teatr jamoasining o‘z ijodiy faoliyatini amalga oshirishi hamda bolajonlar va ota-onalar spektakllarni miriqib tomosha qilishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.  

Xususan, binoda 204 tomoshabinga mo‘ljallangan katta zal hamda 60 o‘ringa mo‘ljallangan kinoteatr mavjud. Shuningdek, eng so‘nggi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan ovoz yozish studiyasi, aktyorlar xonasi, oshxona, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi hamda xodimlar uchun ofislar mavjud. Zamonaviy lift o‘rnatilgan. Binoning ikkinchi qavatida mo‘’jazgina qo‘g‘irchoq teatri muzeyi ham tashkil etilgan. Undan teatr jamoasining erishgan natijalari, tarixi va faoliyati aks ettirilgan eksponatlar joy olgan.    

– Qo‘g‘irchoq teatrining binosiga kirishimiz bilan hovlida bizni jajji bolajonlar kutib olishi, zamonaviy binoda yaratilgan imkoniyat va qulayliklar aktyor hamda aktrisalarni juda quvontirdi, – deydi teatrning oliy toifadagi aktrisasi Zebiniso Karimova. - Avvalambor viloyatning jajji bolajonlarini mana shunday qo‘g‘irchoq teatri binosi ochilishi bilan tabriklayman. Hamda teatr ijodkorlarini yangi bino bilan qutlayman. Kelajakda mana shu binoda shirindan-shakar bolajonlar uchun bir-biridan qiziq bo‘lgan spektakllar namoyish etilishi, shu bilan birgalikda ajoyib, jahon sahnalarini zabt etadigan qiziqarli spektakllar qo‘yilishi tilakdoshiman. Bu yerdagi sahna bezaklaridan tortib, ijodkorlar uchun yaratilgan sharoitlar ajoyib. Bu biz ijodkorlarga ilhom bag‘ishlaydi, mas’uliyat yuklaydi. Bu e’tiborga javoban kelgusida yangi, qiziqarli spektakllarni sahnalashtirishga va’da beramiz.  

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda qo‘g‘irchoq teatrining yangi binosi ishga tushdi