Joriy yilning 10 iyun kuni Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qayta tiklanuvchi energiya uskunalarini keng joriy etish, bu borada aholini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari haqida takliflar bildirildi.

Videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, bu borada aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rahbariyati va Nishon tumani hokimligi hamkorligida xayrli ishga qo‘l urildi. Nishonlik bir guruh tadbirkorlar, mahalla faollari institutning energetika fakultetidagi “Muqobil energiya manbalari” ilmiy-innovatsion poligonida bo‘lib, “Quyosh uyi” laboratoriyasi, “Quyosh issiqlik nasosli quritish-sovitish kamerasi”, biogaz va piroliz qurilmalari bilan yaqindan tanishdi.

Institutning muqobil energiya manbalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari poligondagi barcha qurilmalar, ularning ahamiyati, ishlash prinsiplari haqida ma’lumot berdi.

– Taassurotimiz bir olam, – deydi Nishon tumanidagi “Janub mash’ali” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim maslahatchisi Shavkat Panjiyev. – Bu yerda yaratilgan qurilmalarni ko‘rib hayron qoldik. Ayniqsa, quyosh nuri yordamida suv isitish, hatto ovqat tayyorlash uskunasi dala-dashtdagi cho‘ponlar va dehqonlar uchun juda qulay,Yu ixcham qurilma ekan. Keyin chiqindidan biogaz olish agregati ham ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Tuman hokimligi Nishonda aholi xonadonlari va boshqa ob’ektlarni birinchilardan bo‘lib muqobil energiya manbalari asosida isitish, biogaz olishni yo‘lga qo‘yish orqali elektr energiyasi va tabiiy gaz tejamkorligini ta’minlashni maqsad qilgan. Qolaversa, bu sa’y-harakat aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashning amaldagi ifodasi bo‘ladi.

– Keyingi yillarda institutda muqobil energiya manbalari bo‘yicha o‘nlab startap loyihalar turli tanlovlarda eng yaxshilar qatorida e’tirof etildi, – deydi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘ulom Uzoqov. – Masalan, 4-bosqich talabasi Setora Safarovaning “O‘zbekiston Respublikasi janubiy hududlarida past potensialli quyosh energetik qurilmalarining samaradorligini oshirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqoti “Bo‘lajak olim” respublika tanlovida g‘oliblar qatoridan o‘rin egallashiga sabab bo‘ldi va uning loyihasi 36 million so‘m mablag‘ bilan moliyalashtirildi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda qayta tiklanuvchi energiya uskunalari ishlab chiqarilishi mumkin