O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi doirasida olib borilayotgan xatlov ishlari natijasida ko‘plab fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlariga nisbatan belgilangan tartibda huquqlari e’tirof etilmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi mas’ullarning ta’kidlashicha, bugungi kunda viloyatda 1 ming 938 nafar fuqaro egalik huquqini berish masalasida ijobiy xulosa olgan bo‘lsa-da, ularga yuborilgan SMS-xabarnoma asosida belgilangan bir martalik to‘lovni amalga oshirishmagan.

– To‘lovlar amalga oshirilmaganligi sababli egalik huquqini e’tirof etish jarayoni cho‘zilmoqda, – deydi  Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Hamroyev. – Bir martalik to‘lov amalga oshirilib, Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalarida ko‘rib chiqilmaguncha fuqarolar uy-joylariga to‘liq egalik huquqini olisholmaydi. To‘liq egalik huquqi uy-joy mulkdorlariga ushbu mulkni xohlagan paytda sotish, yaqinlarga hadya qilish yoki merosga qoldirish imkonini beradi.  

Ma’lumot uchun, qonunga ko‘ra, ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan bir martalik to‘lovni amalga oshirish borasida SMS-xabarnoma yuboriladi. Xabarnoma asosida Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori asosida bir martalik to‘lovni amalga oshirganlarning huquqlari e’tirof etiladi.

Huquqlarni e’tirof etish uchun bir martalik to‘lov miqdorlari Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, boshqa aholi punktlarida bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, viloyatda olib borilgan xatlov ishlari natijasida Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyalarida bugungi kunga kelib 516 nafar fuqaroning uy-joylariga nisbatan mulk va ijara huquqlari rasman e’tirof etilgan.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryoda 2 mingga yaqin fuqaro to‘lovni amalga oshirmayapti