Qashqadaryo — ko‘p asrlik tarixga ega, tabiat va resurslar jihatdan betakror o‘lka. Bu zamin nafaqat marmaru grafit, gazu neft, toshko‘miru rangli metallarga boy, balki mo‘’jizaviy sabri, matonati va buyuk sinovlardan mardonavor o‘tgan xalqi bilan ham mashhur.

Afsuski, Qashqadaryo tarixi faqat taraqqiyot, barkamollik va obodlik bilan emas, balki yuzlab yillik bosqinlar, taloqonlar, zulm va zo‘ravonliklar bilan ham yo‘g‘rilgan. Ana shunday zamonlarda ham Qashqadaryo o‘zini yo‘qotmadi. Zulmdan o‘tdi, lekin sinovda sinib qolmadi. Bu hududning Alpomishkelbat va g‘ururi baland  farzandlari — mard dehqonlar, mehnatkash ishchilar, ma’rifatli muallimlar va bag‘rikeng ziyolilar bor qudrati bilan viloyatni tiklash, unga qayta hayot bag‘ishlash uchun xizmat qildilar.  

Istiqlol erkni, o‘zlikni, zamin boyliklarini qaytarib bergan bo‘lsa-da, yaqin-yaqin yillargacha ham jamiyatimizda paxta terim mavsumi ijtimoiy muammoligicha saqlandi. Hech kimga sir emas, maktab o‘quvchilari, o‘qituvchi va shifokorlar eng arzon, aniqrog‘i tekin ishchi kuchi bo‘lib xizmat qildi. Ayniqsa, paxta mavsumida eng ko‘p ularning mehnatidan foydalanildi. Har yangi o‘quv yili boshlanishi bilan, ularning vaqti ko‘proq maktabda emas, paxta dalalarida o‘tdi. O‘z ustida ishlash o‘rniga, paxta terdi, paxta terdi, teraverdi.

O‘qituvchilar yillar davomida ta’limdan uzoqlashishi oqibatida ma’lum bir avlodni yo‘qotdik. Yaxshi mutaxassislar maktabdan ketdi, o‘zini boshqa sohaga urdi. Fidoyi muallimlar ozor chekdi, nomutaxassislar, nomunosiblar soni ortdi. Bu xatolik ortidan katta-katta illatlar yetaklanib keldi.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot epkini Qashqadaryoda ham bo‘y ko‘rsatdi. Avvalo, hudud imkoniyatlaridan oqilona va adolatli foydalanish boshlandi. Tabiiy resurslarni mahalliy qayta ishlash, zamonaviy sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini raqobatbardosh darajaga olib chiqish kabi ustuvor vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Oddiy xalq, o‘quvchi-yoshlar majburiy mehnatdan, xususan, paxta “hashar”idan qutuldi. Shuningdek, ta’lim, tibbiyot, yo‘l va infratuzilma, ichimlik suvi, ekologik muhofaza kabi yo‘nalishlarda tizimli va barqaror islohotlar amalga oshirilmoqda.

Qashqadaryo — ko‘p asrlik sinovlar, tarixiy talon-toroj va aziyatlar orqali taraqqiyot sari yuz tutgan yurt. Bu zaminning har bir qadami javohirot, har bir tafti esa xalqning og‘rig‘i va umididir. Umidki, asrlar davomida mahrum qolgan va zalolatlar ko‘rgan Qashqadaryo endi haqiqiy o‘zgarishlarga guvohlik qilmoqda.

Bu o‘zgarishlarning asosiy sarkori — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va shaxsiy tashabbusidir. U kishining rahbarligida Qashqadaryoning boyliklari xalq manfaati yo‘lida samarali boshqarilmoqda, tarixiy adolat tiklanmoqda. Gaz va neft konlaridan tortib, marmar va rangli metallargacha bo‘lgan tabiiy boyliklar yanada to‘liqroq qayta ishlanib, mahalliy aholining farovonligi uchun sarflanmoqda.

Iqtisodiy islohotlar, yangi loyihalar va investitsiyalar Qashqadaryoning rivojiga zamin yaratmoqda. Bu esa nafaqat ish o‘rinlari yaratish, balki xalqning turmush darajasini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu jarayonlarda mahalliy inson kapitalini rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi dastaklar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qashqadaryoning boy tarixi va katta salohiyati endi o‘z haqiqiy qadr-qimmatini topmoqda. Yurtboshimiz tashabbuslari tufayli viloyat o‘zining haqiqiy kuchini namoyon etib, xalq boyligini xalqqa qaytarish yo‘lida qat’iy va ishonchli qadamlar tashlamoqda.  

So‘nggi yillarda Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlar nafaqat hayotda, balki rasmiy raqamlarda ham o‘z ifodasini topmoqda.

Jumladan, 2016 yili viloyat yalpi hududiy mahsuloti 20,1 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 80,7 trillion so‘mga yetdi. Ya’ni, iqtisodiy o‘sish qariyb to‘rt barobarga oshdi. Sanoat sohasi ham sezilarli darajada rivojlanmoqda: 2016 yilda 9,6 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 40 trillion so‘mga yetdi.

Iqtisodiy o‘sish bilan birga aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ham samara berayapti. Masalan, 2016 yili aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 37 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 59,4 foizga yetdi.

Shuningdek, so‘nggi uch yil ichida ta’lim sohasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Viloyat bo‘ylab 314 ta maktabda qurilish va ta’mirlash ishlari bajarildi, 690 ta maktab to‘liq jihozlandi. Yana 10 ga yaqin yangi, zamonaviy maktablar barpo etildi.

Aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida hududlarda infratuzilma ob’ektlari ham kengaytirilmoqda. Xususan, Ko‘kdala tumanida so‘nggi yillarda 20 dan ortiq yangi mahalla binolari hamda 23 ta yangi davlat bog‘chasi foydalanishga topshirildi.  

Bu ko‘rsatkichlar Qashqadaryoda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganidan dalolat beradi va viloyat kelajakda ham barqaror rivojlanish yo‘lida bo‘lishini ta’minlaydi.

Yaqinda Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi bu yo‘ldagi muhim bosqich bo‘ldi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Bu tashrif — xalq bilan yaqin muloqotning, hudud salohiyatidan oqilona foydalanishning hamda aholi turmush darajasini tubdan yaxshilash va investitsiya muhitini yanada jozibador qilishga qaratilgan keng qamrovli davlat siyosatining amaliy natijasi bo‘ldi.

Sanoat, tibbiyot, energetika, turizm, qishloq xo‘jaligi, shaharsozlik va ijtimoiy infratuzilma sohalarida amalga oshirilayotgan xalqparvar islohotlar mamlakatimizdagi mustahkam taraqqiyotning yaqqol ifodasidir. Har bir tashrif manzilida belgilangan vazifalar orqali xalq farovonligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda eng muhimi — inson qadrini yuksaltirishga xizmat qiluvchi aniq va maqsadli choralar ko‘rilayotir.

Shahrisabz shahridagi ko‘p tarmoqli kardiologiya markazi misolida shuni aytish mumkinki, hududda aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlar yangicha bosqichga ko‘tarilmoqda. Sohaga investitsiyalar jalb etilib, xususiy sektor ham rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Rossiyalik investor bilan hamkorlikda barpo etilgan ushbu “Oq saroy” xususiy klinikasi viloyatda tibbiyot sohasida yana bir muhim qadam qo‘yilganini ko‘rsatmoqda. Zamonaviy uskunalar va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlangan ushbu markaz nafaqat viloyat, balki butun mamlakat aholisi uchun yuksak texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi.

Klinikada 100 dan ortiq shifo o‘rinlari, 4 ta jarrohlik va 6 ta reanimatsiya xonasi mavjud. Bir vaqtning o‘zida 4 ta, sutkasiga esa 25 tagacha yuqori texnologiyali kardiojarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkoni yaratilgan. Bu kabi keng imkoniyatlarni samarali amalga oshirish maqsadida Rossiya, Turkiya va Kuvaytdan tajribali mutaxassislar jalb etilgan.

Mazkur markazda stentlash, aorta-koronar shuntlash, tug‘ma yurak nuqsonlarini bartaraf etish, endoprotezlash kabi murakkab va yuqori darajadagi jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli bajarilmoqda.

Shuningdek, “Oq saroy” klinikasi yuqori aniqlikda tashxis qo‘yish sohasida ham yetakchi hisoblanadi. Markazda faoliyat yuritayotgan zamonaviy exokardiografiya uskunasi sun’iy intellekt asosida ishlaydi. Aytish joizki, bu kabi uskuna hozircha O‘zbekistonda yagona hisoblanadi.

Mazkur klinika Qashqadaryo viloyatida sog‘liqni saqlash sohasini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi va yurtimiz tibbiyotidagi ilg‘or tajribalarni joriy etishga xizmat qilmoqda.  

Yakkabog‘ tumanida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” massivi va “Eko bozor” loyihalari alohida ahamiyatga ega.

Ushbu loyihalar nafaqat yangi uy-joylar barpo etishni, balki zamonaviy shaharsozlik va ekologik yechimlar orqali aholining farovon hayotini ta’minlashni ham ko‘zda tutgan. Masalan, massivda quyosh panellari va geliokollektorlardan foydalanish orqali energiya tejamkorligiga erishilmoqda. Shuningdek, bolalar bog‘chalari, zamonaviy sayilgohlar va dam olish maskanlari barpo etilib, jamiyat uchun qulay va xavfsiz muhit yaratilayotir.  

“Eko bozor” loyihasi esa nafaqat savdo infratuzilmasini rivojlantiradi, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy mahsulotlar yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy barqarorlikka hissa qo‘shadi.

Umuman olganda, Yakkabog‘da amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar hududning kompleks rivojiga xizmat qilib, “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasining hayotga tatbiq etilayotgan yorqin ifodasiga aylanmoqda.  

Qashqadaryoning turizm salohiyati yuqori. Tabiat mo‘jizalariga boy, har bir burchagida tabiatning o‘ziga xos go‘zalligi mujassam.

Prezidentimiz tashrifi davomida Qashqadaryoning sayyohlik salohiyatiga alohida e’tibor qaratdi.

Miraki turizm markazi, Oqsuv bo‘yidagi ekoyo‘laklar, ko‘ngilochar maskanlar va mehmonxonalar infratuzilmasi bilan tanishdi. Hududning milliy va xalqaro turizm xaritasida munosib o‘rin egallashini ta’minlaydigan ushbu maskanni yanada obod qilishga xizmat qiladigan topshiriq va tavsiyalarini berdi. Bu esa o‘z navbatida, xizmat ko‘rsatish sohasi rivoji, yangi ish o‘rinlari va mahalliy mahsulotlar bozori kengayishiga olib keladi.

Qashqadaryo viloyatida so‘nggi yillarda energetika sohasida muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Shahrisabzdagi Hisorak kichik GESi va istiqbolda barpo etiladigan 416 ta mikro GES viloyatning energetik mustaqilligi, ekologik toza energiya manbalari ko‘lamini kengaytirish hamda tabiiy gaz tejamkorligini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Bu kabi loyihalar nafaqat barqaror elektr ta’minotini ta’minlaydi, balki ishlab chiqarish salohiyatini ham oshiradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida viloyat adirlarida tashkil etilgan agroturizm majmuasi faoliyati bilan ham tanishdi. Ilgari hosilsiz, biyday adirlik bo‘lgan yerlarni uzumzor va bog‘larga aylantirish orqali eksportbop mahsulot yetishtirish, mehmonxona va oziq-ovqat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilmoqda. Bu loyiha tabiat salohiyatidan oqilona foydalanish bilan birga yangi daromad manbalari yaratishda ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimiz Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida hududni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar va ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Viloyatda hozirgi paytda ishga solinmagan kamida 15 milliard dollarlik iqtisodiy salohiyat mavjudligini tahlil qilib berdi. Ushbu imkoniyatlarning hech bo‘lmaganda uchdan biri amaliy loyihalarga aylantirilsa, kelgusi besh yilda yalpi hududiy mahsulot hajmini 10 milliard dollardan oshirish mumkinligiga to‘xtaldi.

Ayni paytda Qashqadaryoning eng katta zaxirasi — qishloq xo‘jaligi yerlari hisoblanadi. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi maydonlari 515 ming gektarni, tomorqa va bog‘dorchilikka mo‘ljallangan yerlar esa 45 ming gektarni tashkil qilib, bu ko‘rsatkichlar respublikada eng yuqori darajada.

Turizm yo‘nalishida ham muhim tashabbuslar belgilandi. Xususan, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor va Chiroqchi tumanlarida tabiiy go‘zallikka boy hududlarda yangi sayyohlik maskanlari tashkil etiladi. Ko‘kdaladagi Chiyal bozorida esa yaxna tayyorlovchilar uchun shart-sharoit va sanitariya talablari yaxshilanib, gastronomik turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan choralar ko‘riladi. Shuningdek, Shahrisabz shahrining Qorasuv mahallasida an’anaviy hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida temirchilik markazi tashkil etiladi.

Ishsizlik muammosini bartaraf etish maqsadida fuqarolar xorijiy tillar va kasblarga o‘qitilib, ularni yuqori daromadli mamlakatlarga tashkil etilgan holda ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, auksion orqali sotilishi mo‘ljallangan 120 dan ortiq ob’ekt va 400 gektar yer maydoni negizida yangi ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi, natijada 70 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi.  

Bu esa Qashqadaryoning iqtisodiy o‘sish salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish bilan birga, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashrif doirasida ilgari surilgan har bir tashabbus inson qadrini yuksaltirish, xalq farovonligini oshirish va hududlarni izchil rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qashqadaryodagi har bir soha — sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika yoki turizm — to‘g‘ri yondashuv va innovatsion fikrlash orqali iqtisodiyotning tayanchiga aylanishi shubhasiz. Bu esa xalq turmush-farovonligini yanada oshiradi. Zero, ushbu islohotlar zamirida xalq boyligini xalqqa qaytarish yo‘lida qat’iy va ishonchli qadamlar mujassam.  

Sobir Tursunov,  

pedagogika fanlari doktori, professor.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo: “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasining hayotga tatbiq etilayotganining yorqin ifodasi