Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 oktyabr, Qashqadaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Qarshi shahridagi “Qavali” kichik sanoat zonasida joylashgan bir qator korxonalar bilan tanishdi.

Sanoat zonasining yer maydoni olti gektar bo‘lib, muhandislik infratuzilmasi yaxshi tashkil etilgan, transportga juda qulay. Shu bois ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda.

Hozir bu yerda qurilish materiallari, mebelsozlik, to‘qimachilik, farmatsevtika va charm sanoati yo‘nalishidagi 11 ta loyiha joylashtirilgan. Shundan to‘rttasi ishga tushirilgan bo‘lib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlanmoqda.

Davlatimiz rahbari ulardagi ish jarayonini, mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

“Pegas” korxonasida temirni qayta ishlash, lak-bo‘yoq, eshiklar hamda tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu loyihaning qiymati 13 milliard so‘mdan ziyod bo‘lib, bu yerda 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxona mahsulotlariga ichki bozorda talab yuqori. Keyingi bosqichda qurilish sohasida muhim sanalgan boshqa xomashyolar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada yana shuncha yangi ish o‘rni yaratiladi.

“1-son kompleks loyiha qurilish-montaj” xususiy korxonasi ham qurilish materiallariga ixtisoslashgan. Umumiy qiymati 18,5 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha yiliga qariyb 2 million kvadrat metr profnastil va 250 ming kvadrat metr sendvich panellar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonada hozirda 45 kishi mehnat qilmoqda. Mahsulot hajmi ortishi evaziga kelgusida ish o‘rinlari soni ko‘payishi mo‘ljallanmoqda.

“Karshi W and D Factory” korxonasida 50 turdagi eshiklar, yumshoq va qattiq mebellar ishlab chiqariladi. Bu loyihaga 8,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, Germaniya, Turkiya va Xitoydan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Korxonada 26 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Sanoat zonasida yana yettita investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Ular ishga tushsa, yana 725 nafar aholi bandligi ta’minlanadi.

Prezidentimiz shu yerda Xitoy davlatidan keltirilgan zamonaviy avtobus va mikroavtobuslarni ko‘zdan kechirdi. Tadbirkor Narzullo Namozovning aytishicha, 60 o‘rinli avtobuslarga talab yuqori. Qashqadaryoga undan 30 ta olib kelingan, jami 100 taga yetkazish rejalashtirilgan. Kelgusida bunday qulay avtobuslar Qarshi – Shahrisabz va Qarshi – Kitob yo‘nalishlarida qatnay boshlaydi.

Davlatimiz rahbari hunarmand-tadbirkor Dilorom Quvvatova bilan ham muloqot qildi. Uzoq yillar xorijda ishlagan bu ayol tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlarni eshitib, yurtimizga qaytib kelgan. Bugun uning boshchiligida tikilayotgan ko‘rpa-yostiq, to‘n va boshqa mahsulotlar vohada xaridorgir.

D.Quvvatova tadbirkorlik uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnunligini, kelgusida ish o‘rinlarini 300 taga yetkazishni maqsad qilganini aytdi.

Shu yerda Qashqadaryo viloyatida 2024 yilga mo‘ljallangan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Xususan, kelgusi yil to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoya va kreditlar evaziga jami 4 milliard dollarlik 36 ta yirik loyiha, 656 million dollarlik 114 ta hududiy loyiha shakllantirilgan. Ular neft-gaz, kimyo, to‘qimachilik, charm-poyabzal va qurilish sanoati, turizm, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida bo‘lib, asosan, mahalliylashtirish va qayta ishlashdagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan.

Shundan so‘ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani, befarqlik, o‘zibo‘larchilik kayfiyati bilan rivojlanib bo‘lmasligi ta’kidlandi.

– Mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va kelajagi uchun yangi korxonalar, yangi bozorlar, investitsiya, ish o‘rinlari, katta-katta tushumlar kerak. Jahon bozoridagi tebranishlar, hamkor davlatlardagi savdo cheklovlari davom etaversa, mahsulotlarni qayerga va qanday sotish kerak? Buning uchun qaysi korxonaga qanday ko‘mak berish zarur, – deya savollar qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.

Shu nuqtai nazardan, yig‘ilishda asosiy e’tibor sanoat, turizm, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi.

Masalan, Dehqonobod, Kitob va Qarshi tumanlaridagi sanoat zonalarida 100 gektar yer bo‘sh turibdi. Tadbirkorlar ularga 300 million dollar investitsiya kiritib, 3 ming 500 ta ish o‘rni yaratish tashabbusi bilan chiqqan. Shuningdek, go‘sht, sut va meva-sabzavotni qayta ishlash bo‘yicha 50 million dollarlik loyihalarni ishga tushirish imkoniyati bor.

Davlat rahbari Qashqadaryo iqtisodiyoti faqatgina yirik korxonalarga qarab qolmasligi kerakligini aytdi. Viloyatda iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda o‘sish sur’atlari respublika ko‘rsatkichidan 3 barobar kam. Ayniqsa, kichik biznesning sanoatdagi ulushi eng oxirgi o‘rinlarda.

Masalan, Qashqadaryoda yiliga 150 ming tonna polietilen granulasi ishlab chiqarilsa-da, uning atigi 4 foizi viloyatning o‘zida qayta ishlanadi. Qamashida sement, gips va marmar, Shahrisabz tumanida grafit, Yakkabog‘da kvars qumi, Chiroqchida marganets, Kitobda dolomit va chinni konlari negizida ko‘p mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin.

Viloyatda yilning to‘rt mavsumida ham turistlarni jalb qilish salohiyati bor. Lekin bu hozir Shahrisabz shahri va tog‘li tumanlar bilan chegaralangan. Yil boshidan beri Qashqadaryoga 180 ming nafar xorijiy sayyoh kelgani holda, qo‘shni Samarqand va Buxoroga 3,5 million kelgan.

Davlatimiz rahbari qulay infratuzilma yaratib, turistlarni ko‘paytirish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tdi.

Xususan, germaniyalik hamkorlar bilan Shahrisabz tumanidagi 3 ta turizm mahallasi master-rejasi tayyorlangan. Bunda 450 million dollar qo‘shimcha investitsiya va yiliga 1 million sayyoh jalb etadigan infratuzilma yaratiladi. Arxitektura yechimlari qo‘llangani uchun tadbirkorlarda sohaga ishtiyoq kuchaydi. Buning hisobidan Shahrisabzning o‘zida yiliga qo‘shimcha 500 milliard so‘m tushum kutilayapti, 5 mingta yangi doimiy ish o‘rni paydo bo‘layapti.

Shu maqsadda Shahrisabz aeroportida fuqaro aviatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi. 1 yanvardan boshlab, u yerdan Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko‘paytiriladi. Toshkent – Qarshi yo‘nalishida aviareyslar haftasiga 2 martadan 7 martaga oshiriladi. Natijada aviachiptalar narxi 2 barobar arzonlashishi, xorijiy va mahalliy sayyohlar 3 barobar ko‘payishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, viloyatga avtotransportda kelishni qulaylashtirish maqsadida “Taxtaqoracha” dovonidan o‘tish talablari yengillashtiriladi. Kelgusi yilda dovonda yangi tonnel va yo‘l qurish loyihasi boshlanadi. Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi 30 kilometr yo‘l hamda G‘uzor – Buxoro yo‘lining 100 kilometr qismi ta’mirlanadi.

Umuman, kelgusi yilda xorijiy sayyohlarni 500 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Qishloq xo‘jaligida ham salohiyat katta. Qashqadaryo respublikada eng ko‘p don va paxta yetkazib beradi. Lekin viloyatda ish o‘rnini ko‘p yaratadigan mato to‘qish 30 foizdan oshmaydi, matoni bo‘yash yo‘lga qo‘yilmagan. Vaholanki, buning hisobidan qo‘shimcha 60 ming yoshlar va ayollarni band qilib, 500 milliard so‘m tushumni ta’minlash mumkin.

Shu bois kelgusi yilda viloyatda 370 million dollarlik 33 ta yirik loyiha ishga tushiriladi. Bu orqali tayyor trikotaj mahsulot ishlab chiqarish 1,6 barobar, mato ishlab chiqarish 3,1 barobar oshib, 8 mingta ish o‘rni yaratiladi.

Viloyatda To‘qimachilik texnoparkini tashkil qilish va u yerga Yevropaning taniqli brendlarini olib kelish zarurligi qayd etildi.

Viloyatda 1,4 million gektar yaylov bor. Bu – 7 million bosh qoramol va qo‘y-echki uchun tabiiy ozuqa bazasi. Lekin Mirishkor, Muborak va Nishonda 20 foiz yaylov degradatsiyaga uchragan, yana 25 foizida maysa yo‘q.

Shu bois, kelgusi yilda 100 ming gektar yaylovni yashil ekinlar bilan qoplash dasturi amalga oshirilishi aytildi. Bunda qurg‘oqchilik, issiq va cho‘llanishga qarshi urug‘chilik xo‘jaliklari tashkil qilinadi, meva-sabzavot va dorivor o‘simliklar ekiladi, daraxtzorlar barpo qilinadi, suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi. Quyosh energiyasida ishlaydigan nasoslar o‘rnatilib, yomg‘irlatib sug‘orish pilot loyihasi ishga tushiriladi.

Bundan tashqari, Chorva mollari genetik tadqiqoti laboratoriyasi tashkil qilinib, Ispaniyaning “Assaf” qo‘ylaridan yangi milliy zotlar ko‘paytiriladi.

Mutasaddilarga 1,4 million gektar yaylovning elektron xaritasini yaratish va 100 ming aholini band qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Prezident ekinlarni suv bilan ta’minlash masalasi yildan-yilga qiyinlashib borayotganiga to‘xtaldi. Bu muammo Qashqadaryo uchun ayniqsa dolzarb. Lekin suv tejovchi texnologiyalar 515 ming gektardan atigi 16 foizida joriy qilingan.

Shu bois viloyatga 15 ta lazerli tekislash texnikasi olib kelinib, suv ta’minoti og‘ir Koson, Mirishkor, Kasbi va Nishonda dehqonlarga arzon va sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Sug‘orish tarmog‘ini bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkazib, 30 foiz suvni tejash mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddilarga kanallarni betonlash, qo‘shimcha nasos va texnika olish, “Paxtaobod” kanalini modernizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yoshlar bilan ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Viloyatda elektrotexnika, oziq-ovqat va qurilish materiallari kabi sohalar uchun kadrlar tayyorlash yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, Qarshi shahridan tashqari boshqa birorta tumanda IT markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan. Vaholanki, 60 ta kollejning bo‘sh turgan maydonlarida ham ishlab chiqarish, ham amaliy ta’limni yo‘lga qo‘ysa bo‘ladi.

Prezident kitoblik tadbirkorning IT klaster va universitet ochish tashabbusini ma’qulladi.

Viloyat va tuman hokimlariga har bir tumandagi ish beruvchilarning o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga ehtiyojini aniqlash, ta’lim muassasalarida ish beruvchilarning amaliy ustaxonasi va sexlarini ochish topshirildi. Bu ishlarga 30 milliard so‘m ajratiladi.

Voha aholisining 42 foizida ortiqcha vazn muammosi sabab yurak-qon tomir va qandli diabet kasalligi ko‘paygani qayd etildi. Prezident bu holatdan tashvish bildirib, sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini kuchaytirish va viloyatda sog‘liqni saqlash tizimi salohiyatini oshirish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, rossiyalik hamkorlar bilan Kitobda zamonaviy kardiologiya markazi barpo etiladi. Mobil poliklinikalar xizmati yo‘lga qo‘yiladi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi negizida 600 o‘rinli zamonaviy klinika tashkil qilinadi.

Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimov kelgusi yilda 1 milliard dollar investitsiya olib kelib, sanoatda 40 trillion so‘m mahsulot ishlab chiqarish, 500 million dollar eksportni amalga oshirib, 200 million dollar importni qisqartirish, 500 ming xorijiy sayyoh jalb qilib, 550 ming aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi.

Yig‘ilishda ko‘tarilgan har bir masala bo‘yicha vazirlar va hokimlar tengma-teng hisobot berdi.

Shu bilan davlatimiz rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi yakunlandi.

Ziyodulla Jonibekov, Ikrom Avvalboyev,

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo viloyatining ishlab chiqarish va turizm salohiyati yanada yuksaladi