Yurtimiz o‘zining boy tarixiy, madaniy merosi va milliy qadriyatlari bilan dunyo sayyohlarini o‘ziga rom etib keladi. Bu esa mamlakatimizning turizm salohiyati yuqori ekanligidan dalolatdir. Shu bois ham so‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotning muhim drayveriga aylanayotgan turizm sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

O‘tgan 2024 yilda tadbirkorlarning 6,5 trillion so‘m sarmoyalari bilan 24 ming o‘rinli mehmonxonalar ishga tushdi. Jami 3 mlrd. 489,5 mln. dollar turizm xizmatlari eksporti, shu jumladan, 218 mln. dollar tibbiyot va ta’lim turizmi eksporti amalga oshirildi. Xorijiy mamlakatlarda respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Turizm qo‘mitasining Buyuk Britaniya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya va AQSHdagi turizm vakillari va turizm brendi elchisi tayinlandi.

Bu haqda parlament quyi palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida aytib o‘tildi. Unda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosi muhokama qilindi.

Fraksiya a’zolari partiya dasturiy vazifalaridan kelib chiqqan holda turizmni yanada rivojlantirish, hududlarning ishga solinmagan sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish va buning natijasida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish borasida o‘z taklif-tavsiyalarini bildirdi.

Shuningdek, yig‘ilishda ta’lim-tarbiya sohasidagi ishlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Qayd etilganidek, bog‘chalarga bolalar qamrovini oshirish hamda qulay shart-sharoit yaratish yo‘nalishida 96 ta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilib, jami bog‘chalar soni 6 ming 915 taga yetdi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni esa 31 ming 140 taga yetkazildi. Buning natijasida qamrov darajasi 76 foizga yetdi.

10 ming 160 ta maktabga 61,8 mlrd. so‘mlik sport jihozlari, 46 mlrd. so‘mlik milliy musiqa cholg‘u asboblari, 2 ming 213 ta kompyuter yetkazib berilgani aytib o‘tildi. 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi olis va chekka hududlarda joylashgan 100 ta maktabning 10,5 mingdan ortiq o‘quvchisi uchun bepul maktab avtobusi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Muhokamalarda fraksiya a’zolari ta’lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqish, pedagog va tarbiyachilar tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish yuzasidan qator takliflar berib, amaliy ishlarga ko‘proq ahamiyat qaratish kerakligini ilgari surdi. Shuningdek, boshqa yo‘nalishlardagi byudjet ijrosi bo‘yicha ham qator fikr va takliflar bildirildi.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo va Surxondaryodagi 100 ta maktabda bepul avtobus yo‘lga qo‘yilgan