Xabar berganimizdek, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik holatni o‘rganish, ijtimoiy soha va mahallalardagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha respublika ishchi guruhi Qashqadaryoda o‘rganishlar olib bormoqda.

Bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Bekzod Musayev boshchiligida ishchi guruh Qarshi shahridagi “Murodmedstar” va “Nasafmedservis” xususiy klinikalari faoliyati bilan tanishdi. Aholini sog‘lomlashtirishda tibbiyot sohasidagi xususiy sektorning afzalliklarini o‘rgandi.

Viloyat hokimligida viloyatning tuman va shahar hokimlari, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim sohasi mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimlarining tibbiyot sohasining birlamchi bo‘g‘inidagi muammolar bo‘yicha munosabati va takliflari tinglandi. Shuningdek, o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalaridagi muammolar tahlil qilindi.

Ishchi guruh Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozori, Koson tumani markazidagi dehqon bozori hamda tumandagi 1-maktabdagi sanitariya va epidemiologik holatni borib ko‘rdi. Go‘sht va sut, tuxum va yog‘ mahsulotlarining sanitariya va gigiyena holatlariga zid ravishda sotilayotgan holatlar aniqlandi. Bozorlarda qadoqlangan sut-qatiq mahsulotlarida ishlab chiqarish sanalari ko‘rsatilmaganining guvohi bo‘lindi.

Bozorlarda tadbirkorlar tomonidan sovutgichlar o‘rnatilishi va arzon ijara asosida ushbu sovutgichlarni dehqonlarga berib borilishi tavsiya etildi.

“Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorining veterinariya va sanitariya ekspertiza laboratoriyasi faoliyati o‘rganildi. Ushbu bozorda sut-qatiq va tuxum mahsulotlari rastasini ochish zarurligi aytildi.

Koson dehqon bozorida ham ushbu holatlar mavjudligi aniqlandi.

Koson tumanidagi 1-maktabda 1 ming 300 dan ortiq o‘quvchilar tahsil oladi. Qayta ta’mirdan chiqqan maktab oshxonasi sanitariya talablariga mos bo‘lmagan holda faoliyat olib borishi aniqlandi. Idish-tovoqlar, ularni yuvish va saqlash, oshxonaning mavjud me’yor va talablarga mos bo‘lmagan holatdaligi tanqid qilindi.

Qashqadaryo viloyati hokimligining majlislar zalida viloyatda Ishchi guruh faoliyatining yakuniga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari, vazirlar va vazir o‘rinbosarlari, viloyat hokimlari, Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim sohasi mutasaddilari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bekzod Musayev olib bordi.

Videoselektor yig‘ilishida ishchi guruh o‘rganish natijasida yuzaga chiqqan tibbiyot, ta’lim sohasidagi mavjud muammolar ro‘y-rost aytildi. Xususan, tibbiyot tizimining birlamchi bo‘g‘inida 70 foizgacha muammolar hal etilmagani, bo‘sh turgan QVPlar binolari, aholining sifatli tibbiy ko‘rikka va tibbiy xizmatga ehtiyoj sezayotgani, hududlarda ixtisoslashgan tibbiyot shakllanmagani sababli aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish uchun markazlarga sarson bo‘lib borayotgani tanqid qilindi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida kunlik ma’lumot va hisobotlar, statistik tahlil tizimi ishlamasligi va bir hafta muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur tizimni yaratishi topshiriq sifatida berildi. Bu tizim amalga oshirilsa, hokimlar sog‘liqni saqlash sohasidagi kundalik ma’lumotlarni tahlil va muhokama qilib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Aholini davolash bo‘yicha imtiyoz va yo‘llanmalar (order) berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Endi mazkur tizimning shaffofligini ta’minlash maqsadida aholiga davolanish uchun yo‘llanmalar berish Davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Ishchi guruh birlamchi tibbiyot muassasalarida laboratoriya tahlillari olib borish sifati past ekanini aniqladi.

Jumladan, G‘uzor tumanidagi 2-oilaviy poliklinika laboratoriyasi faoliyati uchun bir yillik 70 million so‘m mablag‘ ajratiladi ammo kuniga 7-8 ta laboratoriya tahlillarini olib boradi. Shu tibbiy maskan yonida joylashgan xususiy laboratoriya-diagnostika markazida 200-300 nafar aholining qon tahlillari o‘tkaziladi. Bundan kelib chiqadiki, aholi pullik xizmat bo‘lsa ham sifatli tibbiy xizmatdan foydalanadi.

Shu boisdan har bir tuman va shahar markazlarida xususiy sektor ishtirokida sifatli pullik xizmat ko‘rsatadigan laboratoriya-diagnostika markazlari tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Faoliyat ko‘rsatmayotgan qishloq vrachlik punktlarini “nol” qiymatda, faoliyatini o‘zgartirmagan holatda xususiy sektorga berish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tibbiyot tizimida kadrlar tayyorlash va olis hududlarda ularning faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha joriy qilingan “Qishloq shifokori” dasturi aniq mexanizmi ishlab chiqilmagani sabab ishlamayotgani aytib o‘tildi.

Xalq ta’limi vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi agentligi bilan birga 1 oy muddatda maktab oshxonalarini xatlovdan o‘tkazadi va mutlaq yangicha tizim asosida ishlashi bo‘yicha taklif kiritadi.

O‘.Barotov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qashqadaryo: sohalar yangilikka, o‘zgarishga muhtoj