Mamlakatimizda tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiy holatini yaxshilash hamda taqdim etgan tashabbusli loyihalarini amalga oshirishga ko‘mak berish ustuvor vazifalardan biridir.

Biroq ayrim fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan berilgan imtiyozli hamda maqsadli kreditlarni majburiyat asosida qaytarmaslik holatlari uchramoqda. Bu esa, o‘z navbatida, sud qarorlari bilan kredit qarzdorliklarni majburiy undirish choralari ko‘rilishiga sabab bo‘ladi.  

Bu borada Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan banklar bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash, sud qarorida ko‘rsatilgan qarzdorliklarni undirish choralari ko‘rilishi yuzasidan kunlik tadbirlar amalga oshirilmoqda.  

Jumladan, MIB Namangan viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari davlat ijrochilari hamda tijorat banklari vakillari bilan hamkorlikda qarzlarni undirish choralarini ko‘rmoqda. Hozirgi kunga qadar viloyatdagi Byuro organlari ish yurituvidagi banklar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq 2 trillion 308 milliard so‘mlik 43 mingdan ziyod ijro hujjatining 26 mingtasi tamomlanib, 457 milliard 100 million so‘m qarzdorlik undirilgan.  

Shuningdek, ijro hujjatlari yuzasidan jami 691 ta, umumiy qiymati 235 milliard so‘mlik mol-mulklar xatlanib, ularni undiruvga qaratish choralari ko‘rilmoqda.  

Oqilxon Dadaboyev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qarzdorliklar undirilmoqda